O‘ z fikringizni bildiring . 1
. Siz yashaydigan hududda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha qanday
tadbirlar o‘tkaziladi?
2. Zararkunanda hasharotlar bilan kurashish uchun tez parchalanadigan va
tabiatga zarar yetkazmaydigan kimyoviy dori vositasi qo‘llaniladi. Natijada
ekinlar qutqarib qolinadi. Bu tadbirlar qanday oqibatlarga olib kelishi
mumkinligini tushuntiring.
3. Kamchiqindi va chiqindisiz texnologiyalarning mohiyatini ochib bering.
Sizning mintaqangizda ularning qo‘llanilishiga misollar keltiring.
4. Bugungi kunda chiqindilarni saralash yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadbirning
mohiyatini tabiatdan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish nuqtayi
nazaridan asoslab bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Qo‘shimcha adabiyotlardan va o‘zingizning kuzatuvlaringizdan foydalanib, jadvalni
to‘ldiring. Power Point dasturi yordamida natijalarni aks ettiradigan taqdimot yarating.
Ekotizimlarning antropogen o‘zgarishlari O‘z atrofingizdagi atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati 34-§. O‘SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINI MUHOFAZA QILISH Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga asoslanib, hududingizdagi muhofazaga muhtoj turlarni daftaringizga yozing. Tabiatni muhofaza qilish – bu yerdagi hayotni saqlab qolish, tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish va qayta tiklash uchun xalqaro, davlat va
mintaqaviy tadbirlar majmuyi sanaladi. Ushbu faoliyat insoniyatning hozirgi
kuni va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi. Tabiatni
muhofaza qilishning asosiy vazifasi o‘simlik olami va hayvonot dunyosi
turlarining xilma-xilligini va genofondini saqlab qolish hisoblanadi.
176
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida o‘simlik va hayvonlarga majmua
tarzda ta’sir qiluvchi abiotik, biotik va antropogen ekologik omillar hisobga
olinsa, muhofaza samarali bo‘lishi mumkin, chunki ular atrof-muhitning
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Y
erda tabiat va insoniyatning barqarorligini ta’minlash uchun tabiatdagi
mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish zarur.
Tabiat, shu jumladan, o‘simlik olami va hayvonot dunyosini muhofaza
qilish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. Mazkur muammoni
hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish va davlatlararo darajada, shuningdek,
davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakati talab etiladi.
1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (TMQXI)
va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF)
ushbu maqsadga xizmat qiladi. Parijda 1970-yil o‘tkazilgan biosfera
boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari
bo‘yicha mutaxassislarning maxsus xalqaro anjumanining o‘tkazilishi
bioxilma-xillikni mustaqil ilmiy yo‘nalishga ajratish uchun muhim qadam
bo‘ldi. 1979-yil BMT Bosh Assambleyasida «Atrof-muhit bo‘yicha BMT
dasturi» (YuNeP) tashkil etilgan edi. 1992-yilda BMTning
Y
er sayyorasi
muammosi bo‘yicha Rio-de-Janeroda o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda
«Biologik xilma-xillikni saqlash» dasturi ilgari surilgan va dunyoning 179
mamlakatining hukumat vakillari tomonidan imzolangan biologik xilma-xillik
to‘g‘risida Konvensiya qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda
Y
er yuzida mavjud
bo‘lgan barcha turlarning xilma-xilligini muhofaza qilishning
B
utunjahon
strategiyasi ishlab chiqilgan.
2001-yildan boshlab, har yili 22-may kuni Xalqaro bioxilma-xillik
kuni (International Day for Biological Diversity) nishonlanadi. Ushbu
bayram nafaqat tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan bioxilma-
xillikni saqlashning ahamiyati, balki uning qisqarishi bilan bog‘liq ekologik
muammolarni hal etishni talab etadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
2010-yil – Xalqaro bioxilma-xillik yili deb e’lon qilingan. 2010-yilda
Nagoyada «2011–2020-yillarda bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror
foydalanish sohasidagi strategik reja» Konvensiyasining qabul qilinishi
ahamiyatga molik. Ushbu o‘n yillik reja doirasida barcha mamlakatlar
bioxilma-xillikni saqlash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari
qabul qilingan.
Tabiatdagi tirik organizmlar va ular tarqalgan muhit, anorganik tarkibiy
177
qismlarning butun majmuyini muhofaza qilish zarur, ya’ni tabiatni muhofaza
qilish ishiga uyg‘unlikda yondashish lozim.