1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-rasm.  Zomin davlat qo‘riqxonasi. 54-rasm



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

55-rasm. 
Zomin davlat qo‘riqxonasi.
54-rasm.
Hisor davlat qo‘riqxonasi. 
56-rasm. 
Surxon davlat qo‘riqxonasi.


181
vahima qush, jiblajibon, yirtqich qushlardan – tasqara va boltayutarlar 
uchraydi (55-rasm). 
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi.
Qo‘riqxona hududida 160 dan ortiq o‘simlik 
turlari o‘sadi. Bu yerda Sog‘d lolasi va Korolkov shirachi, turang‘il, qora 
tol, qora saksovul, oq saksovul, yulg‘un va qandimlarni uchratish mumkin. 
Qo‘riqxona hayvonot olamiga juda boy. Bu yerda Xalqaro va O‘zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan sutemizuvchilardan Buxoro bug‘usi 
va jayron, qushlardan – churrak, yo‘rg‘a tuvaloq, suv burguti, baliqlardan – 
Amudaryo kichik kurakburuni, Amudaryo katta kurakburuni uchraydi.
57-rasm.
Zarafshon 
voha-to‘qay qo‘riqxonasi.
58-rasm. 
«Chotqol» davlat 
biosfera qo‘riqxonasi.
Surxon davlat qo‘riqxonasi.
Qo‘riqxonada 500 dan ortiq o‘simlik 
turlari o‘sadi. Hayvonot olami xilma-xil: Buxoro qo‘yi, jayron, Turkiston 
silovsini, echkemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut, 
boltayutar, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar Xalqaro va O‘zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan (56-rasm).
Zarafshon dasht-to‘qay qo‘riqxonasi.
Mazkur qo‘riqxona Zarafshon 
daryosi bo‘ylab joylashgan. Qo‘riqxonada yuzdan ziyod hayvon turlari 
ro‘yxatga olingan va muhofaza etiladi. Qo‘riqxonada oddiy to‘qay tovush-
qoni, bo‘rsiq, karaganka, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, jayra ko‘paytiriladi 
(57-rasm). 
Kitob davlat qo‘riqxonasi. 
Kitob davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tog‘ 
tizmasining janubi g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxonada noyob 
paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi. O‘zbekiston «Qizil kitob»iga 


182
kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo‘riqxona faunasini 
tashkil etadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin