208
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. Nerv va gumoral boshqarilishning o‘ziga xos xususiyatlarini jadvalga yozing.
Nerv va gumoral boshqarilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Nerv sistemasi orqali boshqarish
Gumoral boshqarish
2. Hayvonlar nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang va jadvalni
to‘ldiring.
Hayvon guruhlari
Nerv sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari
Bo‘shliqichlilar
Yassi
chuvalchanglar
To‘garak chuvalchanglar
Halqali chuvalchanglar
Molluskalar
Bo‘g‘imoyoqlilar
Lansetnik
Baliqlar
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Sudralib yuruvchilar
Qushlar
Sutemizuvchilar
40-§. HAYVONLARNING TANA QOPLAMI VA HARAKAT
ORGANLARI EVOLUTSIYASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Olgan bilimlaringizga asoslanib,
umurtqasiz va umurtqalilarda tana qoplami va harakat a’zolarining
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirib bering.
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi.
Hayvonlarning tana qoplami,
asosan, tashqi muhit ta’sirlari va zararli omillardan
himoya qilish vazifasini
bajaradi. Evolutsiya jarayonida bir organlar sistemasining takomillashuviga
bog‘liq holda boshqa organlar sistemalarining paydo bo‘lishi va takomillashuvi
sodir bo‘ladi. Funksiyasining ortishi natijasida dastlab himoya organi bo‘lgan
teri nafas olish, sezish, termoregulatsiya va ayirish,
sutemizuvchilarda ter
209
bezlarining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan sut bezlaridan ajraladigan sut
orqali naslini oziqlantirishda ishtirok etadi. Mazkur funksiyalar teri qoplami
tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlarning paydo bo‘lishi
natijasida amalga oshadi.
Xordali hayvonlarda teri: epidermis va dermadan iborat. Epidermis
ektodermadan, derma mezodermadan rivojlanadi.
Boshskeletsizlarda teri
qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. Terining epidermis qavati
bir qavat hujayralardan, shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining
derma qavati (g‘ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan.
Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda epidermis ko‘p qavatli, pastki
qavatidagi hujayralar tinimsiz ko‘payadi,
ustki qavatidagi hujayralar
ixtisoslashadi, muayyan muddatdan so‘ng nobud bo‘ladi va qurib tushib
ketadi. Teri derma qavatining mustahkamligini ta’minlaydigan biriktiruvchi
tolalar paydo bo‘ladi. Umurtqalilarda teri hosilalari paydo bo‘ladi, ularning
xilma-xilligi hayvonlarning hayot tarzi va tuzilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, terida turli vazifalarni bajaradigan yog‘ va ter bezlari rivojlangan.
Baliqlarda teri bezlari bir hujayrali, lansetnikiga o‘xshash ular ham shilimshiq
suyuqlik ajratadi, mazkur suyuqlik baliq tanasi va suv o‘rtasidagi
ishqalanish
kuchini kamaytirib, baliqlarning suvda erkin harakatini ta’minlaydi. Baliqlarning
tanasi qaysi sistematik guruhga mansubligiga qarab turli tangachalar bilan
qoplangan. Tog‘ayli baliqlarning butun tanasi, og‘iz bo‘shlig‘i, uning shilliq
qavati plakoid deb ataladigan tangachalardan iborat. Plakoidlar dentindan
tuzilgan, usti emal bilan qoplangan bo‘lib, tikanga o‘xshash shaklga ega.
Tog‘ayli baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘idagi tangachalar
oziq tutish vazifasini
bajarganligi sababli hajmi yiriklashgan va tish vazifasini o‘taydi.
Suyakli baliqlarda tangachalar yumaloq shakldagi suyak, usti yupqa
epidermis bilan qoplangan plastinkalardan iborat. Suyakdan iborat tangachalar
baliq tanasini qoplab turgan derma hisobiga rivojlanadi (63-rasm).
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qadimgi vakillari bo‘lgan
stegotsefallarning tanasi baliqlarnikiga o‘xshash tangachalar bilan qoplangan.
Hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tanasi yupqa teri
bilan qoplangan va ular tananing yaxlitligini ta’minlash, himoya qilish bilan
birga nafas olishda ishtirok etadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning
terisida ko‘p hujayrali shilimshiq modda ajratadigan bezlar bo‘lib,
ular tana
qoplamini namlash bilan bir qatorda, dushmandan himoya qiladigan zaharli
modda ishlab chiqaradi (64-rasm).
8 – Biologiya 11