1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

70-rasm.
Baliq yuragi-
ning tuzilishi: 1 – yurak 
bo‘lmachasi; 2 – yurak 
qorinchasi; 3 – vena 
tomiri; 4 – qorin aortasi.
Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‘xshash: ko‘p kamerali 
yurak va kalta aorta tomiridan tuzilgan bo‘lib, kislorod tashishda ishtirok 
etmaydi. Shu sababli qonida eritrotsitlar va qonning shaklli elementlari 
bo‘lmaydi. Hasharotlarning gemolimfasi rangsiz, sarg‘ish yoki yashil 
bo‘ladi. Qon yurakdan kalta aortaga, u yerdan tana bo‘shlig‘ini yuvib, har 
qaysi kameradagi bir juft teshiklar orqali yurakka quyiladi. Hasharotlarda 
qon aylanish sistemasi soddalashgan bo‘lib, faqat oziq modda tashiydi. Qon 
tarkibi tana suyuqligiga o‘xshash bo‘ladi.
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sis 
temasidagi evolutsion 
o‘zgarishlar. 
Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda oziq 
moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadal lashishiga 
va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani tezlashtiradi. 
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sod da, yuragi bo‘lmaydi. 
Qorin aortasi yurak va zifa sini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tana-
ning oldingi tomoniga oqadi. Qorin aortasi jabra arteriyalariga tarmoqlanib, 
jabraga boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari kapil-
larlarga bo‘linmaydi. Jabrada qon kislorodga to‘yi nib, orqa aortaga quyiladi. 
Aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni kislorod va 
ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan qon jigarda 
tozalanib, qorin aortasiga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi 
yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi. 
Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi 
ancha takomillashgan bo‘lib, progressiv belgilarga ega. Bitta bo‘lmacha va 
qorin chadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida faqat venoz qon oqadi. 
Qon bo‘lmachadan qorin cha ga, qorinchadan qorin 
aortasiga, so‘ngra 4 juft jabra arteriyalari orqali ja b-
ra ga boradi. Lansetnik dan farq qilib, baliqlarda jabra 
arteriyalari kapillarlarga tarmoq lanadi. Qon jab rada 
kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘ qima va 
a’zolarga tarqaladi (70-rasm).
Umurtqalilarning quruqlikka chiqishi, nafas 
olishning o‘pka orqali amalga oshishi qon aylanishini 
o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon 
taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. 
Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat 
1
2
3
4


220
bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu 
qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan. 
Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan 
3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri 
arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. 
Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap 
bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga 
quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi. 
Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta 
yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari 
orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga 
boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon 
kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu 
katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak 
urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani 
tashkil qiladi (71-rasm). 
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari 
bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab 
chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta 
qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan 
ajralgan bo‘ladi. Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, 
yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning 
barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda 
quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib 
yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta 
qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan 
arterial qonga ega o‘ng aorta yoyi chiqib, undan 
bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan 
tanaga ketuvchi chap aorta yoyi, o‘ng tomonidan 
o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka arteriyasi 
boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib 
orqa aortani hosil qiladi. Shuning uchun miyaga 
arterial qon, tanaga aralash qon, o‘pkaga esa venoz 
qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga 
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon 
o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin