1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Bentos
(yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv 
tubining qatlamlarida hayot kechiradigan organizm.
Biogeotsenoz 
(yunoncha – «bios» hayot, «geo» – yer, «kaynos» – umumiy) tarixiy 
davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik 
tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema.
Biologik evolutsiya
– tirik organizmlar va ular jamoalarining yo‘naltirilgan tarixiy 
rivojlanish jarayoni.
Biologik progress 
(lotincha – «progressus» – oldinga harakat) – organizmlarning 
ma’lum sistematik guruhlarining tashqi muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog‘liq 
yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.
Biologik regress 
(lotincha – «regressus» – qaytish, tubanlashish) – organizmlar 
yashash sharoitiga moslanishlarining susayishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.
Ekosistemaning biomassasi 
– mazkur ekosistema tarkibiga kiruvchi barcha tirik 
organizmlar tarkibidagi organik moddalar yig‘indisi.


234
Biosfera 
(yunoncha – «bios» – hayot, «sphaira» – shar) – yerning tirik organizmlar 
istiqomat qiladigan va ular tomonidan yaratilgan qobig‘i.
Biotik omillar 
(yunoncha – «biotikos» – tirik, hayotiy). Tirik tabiat (tirik 
organizmlar)ning biror tirik organizmga ta’sir ko‘rsatadigan tarkibiy qismi.
Biotop 
(yunoncha – «bios» – hayot, «topos» – joy) – bir xil tashqi muhit 
omillariga ega bo‘lgan hudud.
Detrit 
(yunoncha – «eskirgan») – organizm hayot faoliyati yoki uning halok 
bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladigan organik qoldiq.
Detrit tipidagi oziq zanjiri
– detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlar 
hamda mineral moddalar bilan tugallanadigan oziq zanjiri.
Divergensiya
(yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi, 
kelib chiqishi yaqin bo‘lgan organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin