1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Genlar dreyfi
– populatsiya genofondida genlarning uchrash chastotasining 
tasodifiy va kutilmaganda o‘zgarishi.
Tirik modda 
– Y
erda tarqalgan barcha tirik organizmlarning yig‘indisi.
Zakazniklar 
– insonning xo‘jalik faoliyati vaqtinchalik taqiqlangan, davlat 
tomonidan himoya qilinadigan hududlar.
Qo‘riqxona
– insonning xo‘jalik faoliyati butunlay taqiqlangan maxsus muhofaza 
qilinadigan hudud.
Optimum 
(lotincha – «optimus» – eng yaxshi) – omilning organizm o‘sishi, 
rivojlanishi va ko‘payishi samarali kechadigan diapozoni.
Zoosenoz
(yunoncha – «zoo» – hayvon, «koitios» – umumiy) – ma’lum bir 
biotopda yashovchi hayvonlar populatsiyasi.
Sun’iy tanlash 
– bu inson ehtiyoji uchun eng qimmatli organizmlarni tanlab olib, 
ularni ko‘paytirib, amaliyotda foydalaniladigan jarayon.
Katagenez 
(«kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) – organizm 
tuzilishining umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib keladigan 
evolutsion yo‘nalish.
Kommensalizm 
(fransuzcha – «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan 
organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladigan, ikkinchisi hech qanday naf 
yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabat turi.
Konvergensiya
– (lotincha – «converger» – yaqinlashish) tabiiy tanlanish natijasida 
kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o‘xshash bo‘lishi.
O‘zaro raqobat (konkurensiya)
– o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar 
orasidagi munosabatlar.
Konsumentlar
– tirik organik moddani iste’mol qiluvchi va undagi energiyani 
oziq zanjiri orqali uzatuvchi organizmlar.
Kosmopolitlar
– keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini 
egallagan turlar. Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar.
Tur mezonlari
– turga xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarning yig‘indisi.


235

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin