1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Moddalar davriy aylanishi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Moddalar davriy aylanishi
– Y
er sayyorasi miqyosida quyosh energi yasi hisobiga 
sodir bo‘ladigan biologik muhim moddalarning bir bo‘ g‘in dan ikkinchisiga o‘tishi.
Kserofitlar
(yunoncha – «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam 
bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar.
Cheklovchi omil 
– organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
Mezofitlar
(yunoncha – «mesos» – o‘rtacha) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan 
o‘simliklar.
Mikosenoz
(yunoncha – «mykos» – qo‘ziqorin, «koinos» – umumiy) – turli 
zamburug‘lar turlaridan iborat jamoa.
Mikrobiotsenoz
– (yunoncha – «micros» – kichik, «koinos» – umumiy) organik 
moddalarni mineral moddalargacha parchalaydigan mikroorganizmlar jamoasi.
Monokultura
– (lotincha – «mono» – bir, yagona, «cultura» – ekin) – sun’iy 
ekosistemalarda ko‘p yillar davomida bir xil o‘simliklar o‘stirilishi.
Mutualizm
(lotincha – «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro 
manfaatli va majburiy munosabat turi.
Milliy
(tabiiy) 
bog‘lar
– ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy 
majmualar joylashgan qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi.
Nekton 
(yunoncha – «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv 
oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlar.
Noosfera 
– kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, 
fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega 
inson jamoasini o‘z ichiga olgan 
Y
er qobig‘i.
Tabiat yodgorliklari
– ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga 
ega, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiiy obyektlar.
Parazitizm
(parazit – xo‘jayin) – har xil turga mansub individlarning antogonistik 
munosabatlari, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan 
(xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin