1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. O‘simliklardagi muhit haroratiga nisbatan hosil bo‘lgan moslanish tiplari 
va misollari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. Moslanish tiplari: A) bio-
kim yoviy; B) fiziologik. Moslanishlarga misollar: 1) sovuqqa chidamli 
o‘simliklar hujayralari sitoplazmasida uglevod miqdorining ortishi; 2) cho‘l 
va chala cho‘l o‘simliklarida vegetatsiya davrining qisqa bo‘lishi; 3) or -
ga nizmlarning anabioz holatiga o‘tishi; 4) transpiratsiyaning kuchayishi; 
5) hu jayra sitoplazmasida organik kislotalar, tuz miqdorining ortishi. 
2. O‘z fikringizni bayon eting. 1. 
Y
er yuzasining sovuq va mo‘tadil iqlim min-
taqalarida o‘suvchi o‘simliklarda qish mavsumidagi sovuqqa moslanishlar 
qanday namoyon bo‘ladi? Misollar bilan izohlang. 
3. Issiqsevar va sovuqqa chidamli o‘simliklarga xos moslanishlarni aniqlang 
va jadvalga yozing. 
Adaptatsiyalar
O‘simliklarning ekologik guruhlari
Issiqsevar o‘simliklar
Sovuqqa chidamli o‘simliklar
Biokimyoviy adaptatsiyalar 
Fiziologik adaptatsiyalar
Morfologik adaptatsiyalar
O‘simliklarga misollar


58
10-§. NAMLIK EKOLOGIK OMIL SIFATIDA
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Suv tirik organizmlar hayotida 
qanday o‘rin tutishi yuzasidan fikr bildiring.
Namlik. 
Tirik organizmlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat, shu sababli 
namlik ularning hayotini belgilovchi muhim omil sanaladi. Suv barcha tirik 
organizmlar uchun universal eritma, hujayradagi biokimyoviy jarayonlar uchun 
sharoit, ko‘pchilik tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Suv 
tirik organizmlarda boradigan moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi va 
muhim o‘rin tutadi. Tirik organizmlar yashaydigan muhitda suv yetishmasligi 
organizmlarda hayotiy jarayonlarning sekinlashishiga sabab bo‘ladi.
Tirik organizmlarda suv gidroliz va fotosintez reaksiyalarida bevosita 
ishtirok etadi. Ba’zi tirik organizmlar, masalan, to‘garak va halqasimon 
chuvalchanglar uchun suv gidrostatik skelet sanaladi va oziq moddalarni 
tashish vazifasini bajaradi, ya’ni moddaning organizm bo‘ylab harakatlanishida 
ishtirok etadi. Solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori 
bo‘lgani tufayli suv organizmdagi issiqlik muvozanatini ushlab turadi, 
hujayra va to‘qimalarning qizib ketishining oldini oladi. 
S
uv yuksak sporali 
o‘simliklarning urug‘lanishi, spora va urug‘lar unib chiqishi uchun o‘ta zarur. 
Quruqlikda yashash joylarining namligi yillik yog‘ingarchilik miqdoriga
bog‘liq, shuning uchun turli geografik zonalar o‘zaro farqlanadi. Namlikning 
yetishmasligi yoki haddan tashqari ortib ketishi quruqlikda yashovchi tirik 
organizmlar uchun cheklovchi omil hisoblanadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin