61
xos metabolit, ya’ni moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti siydik kislota
hisoblanadi. Siydik kislota suvda yomon eriganligi tufayli uni organizmdan
chiqarib yuborish uchun suv deyarli talab etilmaydi.
Morfologik moslanishlar hayvon organizmida suvni saqlashga qaratilgan
moslanishlar hisoblanadi. Qushlar tanasi pat bilan, sutemizuvchilar tanasi
jun bilan, sudralib yuruvchilar tanasi muguz tangachalar bilan qoplangan.
Hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar qalin xitindan iborat tana qoplamiga
ega, quruqlikda yashovchi molluskalarda chig‘anoq bo‘ladi.
Etologik moslanishlar – hayvonlar tomonidan suvni qidirib topishga
yo‘naltirilgan moslanish. Ko‘pgina hayvonlar vaqti-vaqti bilan suv
ichgani suv manbalariga boradi. Hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji
qurg‘oqchilik davrida ularning suv mo‘l bo‘lgan joylarga migratsiya qilishiga
sabab bo‘ladi. Masalan, antilopalar, sayg‘oqlar uzoq joylarga migratsiya
qiladi. Ayrim hayvonlar qurg‘oqchilik davrida tungi hayot tarziga o‘tadi
yoki yozgi uyquga ketadi (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: