1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-§. MUHITNING BIOTIK OMILLARI. TIRIK ORGANIZMLAR



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

12-§. MUHITNING BIOTIK OMILLARI. TIRIK ORGANIZMLAR 
O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Tirik organizmlar o‘rtasida qanday 
munosabatlar mavjud? Parazitlar, yirtqichlar turning holatiga qanday 
ta’sir ko‘rsatadi?
Tabiiy sharoitda har bir tirik organizm yovvoyi tabiatning boshqa vakillari 
bilan hamkorlikda yashaydi. Bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon 
va mikroorganizmlarning o‘zaro hamda yashash sharoitlariga ta’siri muhitning 
biotik omillarini ifodalaydi. Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning 
barcha ko‘rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi.
Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi. Tur ichidagi munosabatlar – bir
turga mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar. Bu populatsiyaning o‘z-
o‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir. Turlararo munosabatlar – har 
xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi.
Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz 
qoladigan munosabatlar 
neytral munosabatlar
deb ataladi. Agar o‘zaro 
ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi 
populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar 
ijobiy 
yoki 
simbiotik
munosabatlar
deb ataladi. O‘zaro munosabatlar tufayli bir 
populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi 
populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar 
salbiy
yoki 
antagonistik
(antibioz) munosabatlar deyiladi.
Har qanday munosabat turini o‘zaro ta’sirlashuvchi populatsiyalardagi 
individlar sonining o‘zgarishini ifoda etuvchi ramziy belgilar orqali 
ifodalash mumkin. Individlar sonining ortishini «+», kamayishini «–» 
belgisi bilan, individlar soniga ta’sir etmaydigan munosabatlar «0» belgisi 
bilan ifodalanadi. Ushbu tasniflardan foydalanib, eng keng tarqalgan o‘zaro 
munosabatlar turlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan (2-jadval)



68

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin