26-rasm.
Oziq to‘ri.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
oziq zanjiri, oziq to‘ri,
trofik bog‘lanishlar, trofik darajalar.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. «Biogeotsenoz» va «ekosistema» tushunchalariga berilgan ta’riflarni taqqos-
lang. Ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlang.
2. O‘tloq, ko‘l, chiriyotgan to‘nka, dengiz, ninabargli o‘rmon, daryo kabi
ekosistemalarning qaysi birini biogeotsenoz deb atash mumkin?
3. Birinchi tartib konsumentlarning ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlaridan
farqli tomonlarini aniqlang.
4. O‘tloq tipidagi oziq zanjirlari detrit zanjirlaridan qanday tarkibiy qismlari
bilan farqlanadi?
Yo‘lbars
Tulki
Boyqush
Ilon
Olmaxon
Sichqon
Uchinchi
trofik daraja –
konsumentlar
Ikkinchi
trofik daraja –
konsumentlar
Birinchi
trofik
daraja
Detrit, detritofaglar, destruktorlar
Bug‘u
Qush
Quyon
Daraxtlar
O‘tlar
99
5.
Redutsentlar ekosistemada qanday funksiyani bajaradi? Redutsentlarga mi-
sol lar keltiring.
6. Ekosistemaning trofik darajasi deb nimaga aytiladi? Ekosistemaning turli
trofik darajalariga qanday organizmlar kiradi? Ekosistemalarda trofik darajalar
sonining cheklanganligi nima bilan bog‘liq ekanini tushuntirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o‘tloq tipidagi oziq zanjirini
tuzing: tog‘ terak, qizilishton, chittak, laylak, oq qayin, kapalak qurti, kalxat.
2. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing:
ilon, nobud bo‘lgan qush, tuproq bakteriyalari, pashsha lichinkalari, baqa,
mog‘or zamburug‘lari, mineral moddalar.
3. Oziq zanjiri turlari va ularning bo‘g‘inlari orasidagi muvofiq likni aniqlang.
Oziq zanjirlari: A. O‘tloq tipidagi oziq zanjiri. B. Detrit tipidagi oziq zanjiri.
1) qu yon; 2) ko‘l baqasi; 3) mog‘or zamburug‘lari; 4) ninachi; 5) tuproq
bakteriyalari; 6) te rak; 7) spirogira; 8) sazan; 9) yomg‘ir chuvalchangi;
10) xon gul; 11) eshak qurt; 12) o‘lim tikxo‘r qo‘ng‘iz; 13) o‘tlar; 14) suvsar;
15) qirg‘iy.
4. Agar redutsentlar soni keskin qisqarsa, ekosistemada yuzaga keladi gan eko-
logik holatlarning oqibatlarini ayting.
5. Berilgan rasmlardan foydalanib, tabiiy ekosistemada moddalar va energiyaning
oziq to‘ri orqali berilishini sxemada tegishli raqamlar bilan ifoda eting.
1) qirg‘iy
2) tulki
3) chittak
4) karam kapalagi
5) tovushqon
6) sichqon
7) o‘simliklar
8) baqa
9) ilon
10) chigirtka
100
6.
Dostları ilə paylaş: |