1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Funksional guruhlar va ularga mansub hayvonlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniq- lang



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

 
Funksional guruhlar va ularga mansub hayvonlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniq-
lang.
 
Funksional guruhlar.
1. Produtsentlar. 2. Konsumentlar. 3. Redutsentlar. 
Vakil lari: a) oq qayin; b) bug‘u; d) yomg‘ir chuvalchangi; e) laqqa baliq; f) qo‘ -
zi qorin; g) lishaynik, h) laminariya; i) chirituvchi bakteriyalar; j) dafniya.
 
7. Oziq zanjiri bo‘g‘inlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring: o‘rgimchak, 
ari, chittak, olma daraxti, qirg‘iy.
17-§. EKOTIZIMLARNING MAHSULDORLIGI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Ekosistemada tirik organizmlarning 
funksional xilma-xilligi, jamoalarda oziq zanjirlari turlarini aytib bering. 
Biomassa tushunchasi.
Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy 
aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning 
natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayoni-
da muayyan ekosistemada jamlangan, barcha tirik organizmlar (organik 
moddalar)ning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. 
O‘simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. 
Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq 
organik modda massasi birligi bilan: g/m
2
, kg/m
2
, kg/ga, t/km
2
, suv havzasi 
ekosistemalarida hajm birligida ifodalanadi. 
Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi 
va qabul qilinadigan quyosh energiyasining bir qismini biomassada to‘playdi. 
Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin 
farqlanadi. Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik 


101
mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon 
birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari 
uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan 
ifodalanadi. O‘rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‘sish – 
mahsuldorligidan ancha ko‘p bo‘ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy 
biomassasi uncha ko‘p emas, ammo fitoplankton tez ko‘payishi hisobiga 
katta tezlikda mahsulot hosil qiladi. 
Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydala-
nishiga ko‘ra, ekosistemada birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi. 
Bunda hosil bo‘ladigan mahsulot mos ravishda birlamchi va ikkilam-
chi deyiladi. Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar 
(produtsentlar) tomonidan mineral moddalardan hosil qilinadigan biomassa 
birlamchi mahsulot
deyiladi. Organik moddalarning asosiy qismini yashil 
o‘simliklar tashkil qiladi. Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i 
xlorofill tomo ni dan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi 
(quyosh energi yasining qolgan 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki 
suv bug‘ lanishiga sarflanadi). Bundan ko‘rinib turibdiki, quyosh energiyasining 
organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi 
o‘rtacha 1% ni tashkil etadi. Bunday qonuniyat «1% qoidasi» deb nomlanadi. 
Birlamchi mahsuldorlik ekosistemaning eng muhim xususiyatidir. Unda to‘p-
langan energiya barcha konsumentlar hamda redutsentlarning yashashi va 
hayotiy jarayonlariga sarflanadi. Geterotrof organizmlar oziqning bir qismi dan 
hayot faoliyatini ta’minlashga, qolgan qismidan o‘z tanasini qurishda foyda-
lanadi. Konsumentlar va redutsentlar ta’sirida organik moddalarning qisman 
parchalanishidan hosil bo‘lgan biomassa
ikkilamchi mahsulot
deyiladi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin