1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Tabiiy ekosistemalar. 
Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan 
turlarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy 
jarayonlarni amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq 
emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 
2) chuchuk suv ekosistemalari; 3) dengiz ekosistemalari.
Quruqlik ekosistemalari.
Quruqlik ekosistemalarining 
Y
er yuzida 
joylashuvini ikkita asosiy abiotik omil: harorat va yog‘in miqdori belgilaydi. 
Yer sharining turli qismlarida iqlim bir xil emas. Quruqlikdagi ekosistemalarda 
namlik cheklovchi omil hisoblanadi. Produtsentlar transpiratsiya jaroyonida 
ko‘p suv sarflaydi, shu sababli namlikning miqdori ekosistemalarning 
mavjudligini belgilovchi omil hisoblanadi. 
H
arorat ham ekosistemadagi 
turlar xilma-xilligini belgilaydi, lekin cheklovchi omil sifatida namlik 
kabi muhim emas, chunki harorat davriy ravishda o‘zgarib turadi. Harorat 
yil davomida bir xil bo‘lishi (ekvatorda) yoki fasllarga qarab o‘zgarishi 
mumkin. Barcha organizmlar o‘zi rivojlanadigan muhit haroratiga evolutsiya 
natijasida moslashgan. Quruqlikdagi ekosistemalar juda xilma-xildir. Bir 
xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig‘indisi 
biomlar
deb 
nomlanadi. Biomlar faqat quruqlikda mavjud. Biomlarning quyidagi turlari 
farqlanadi: 
A
rktika tundrasi va alp tundrasi, shimoliy ignabargli o‘rmonlar, 
mo‘tadil iqlim o‘rmonlari, dashtlar, sahrolar, tropik o‘rmonlar.
Tundra 
shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. Tundra 
(iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 0°C dan ham pastroq. Bir 
necha haftalik qisqa yoz davomida yerning muzdan erishi bir metrdan 
oshmaydi. Tundrada daraxtlar uchramaydi, sekin o‘suvchi lishayniklar, 
yo‘sinlar (sporali o‘simliklar), past bo‘yli butalar hukmronlik qiladi. 
Hayvonot dunyosi ham boy emas, yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol 
bug‘usi (Yevrosiyo), kichik sutemizuvchilardan yirtqichlar (shimol tulkisi), 
qushlardan qutb boyqushi va boshqalar uchraydi.


109

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin