1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Tropik o‘rmonlar
turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu o‘rmonlarni 
harorat va yillik yog‘in miqdori yuqori darajada bo‘lgan, o‘simliklarning 
o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoit yetarli bo‘lgan hududlarda 
(Janubiy Amerika shimoli, Markaziy Amerika, Shimoliy Afrika, Hind va 
Tinch okeanidagi orollar) uchratish mumkin. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 
2000–2500 mm. O‘simlik turlari ham juda ko‘p. Daraxtlar yarus bo‘ylab 
zich joylashgan. Ildizlari tuproqqa yetib bormaydigan, daraxtlarda o‘sadigan 
epifitlar, ildizi tuproqlarda bo‘lib, o‘zi daraxtlarga chirmashib to ularning eng 
yuqori qismlariga yetib boruvchi lianalar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlar 
hayvon turlariga boy bo‘lib, sutemi zivchilar (maymunlar, yalqovlar), qushlar 
(to‘ti, kolibri), sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va 
hasharotlarni ko‘plab uchratish mumkin. 
Tropik o‘rmonlarda yonma-yon o‘suvchi bir turga mansub o‘simliklarni 
uchratish mushkul. Odatda bu o‘rmonlarda har xil turga mansub o‘simliklar 
yonma-yon o‘sadi.
Hozirgi kunda o‘rmon biogeotsenozlari keskin kamayib bormoqda. Bu 
esa o‘z navbatida biosferaga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
Chuchuk suv ekosistemalari.
Chuchuk suv ekosistemalari boshqa 
ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egallashiga qaramay, ularning 
ahamiyati juda katta. Chunki ular 
Y
er yuzidagi barcha tirik organizmlar 
hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan chuchuk suv manbayi hisoblanadi. 
Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va karbonat angidridning miqdori 
o‘zgaruvchan va u cheklovchi omil hisoblanadi. 


111
Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar hayot shakllariga ko‘ra: bentos, 
plankton, nekton organizmlarga ajratiladi.
Barcha chuchuk suv havzalari tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: 
oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar; oqadigan suv havzalari – 
daryo, soy, buloqlar; botqoqlar.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin