117
21-§. SUN’IY EKOSISTEMALAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Tabiiy biogeotsenozlarning xilma-xilligi
va tabiiy ekosistemalarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni aytib
bering.
Sun’iy ekosistemalar – bu antropogen ekosistemalardir.
Tarixiy rivoj-
lanish davomida inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan.
Insonlarning xo‘jalik maqsadlari tabiiy ekosistemalarni antropogen eko siste-
malarga qisman almashishiga olib kelgan – urbanoekosistema, agroeko-
sistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi,
saqlanadi, boshqariladi.
Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va
insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi.
Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina qolmay, inson tomo-
nidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foydalanadi. Akva-
rium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir.
Urbanoekosistema – (urbanoekosistema lotinchada «urbs» – shahar)
inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosiste ma sanaladi. U
insonlar ma’lum bir joyni manzilgohga aylantirishi natijasida paydo bo‘ladi.
Bunday ekosistemalarga shaharlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi.
Urbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo, suv,
tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson tomonidan
yaratilgan komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish obyektlari,
transport, dam olish oromgohlari va yashash joylari) kiradi.
Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent shahar ekosistemasining biotik
va abiotik qismlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina
yirik shaharlarda havo
tarkibida sanoat va avtotransport vositalari chiqindilari, hayvon, o‘simlik turlari
sonining kamayishiga sabab bo‘luvchi karbonat angidrid va is gazi miqdori
ortgan. Shahar muhitiga antennalar va elektr uzatish tarmoqlari hamda transport
vositalari tomonidan keltirib chiqariladigan turli shovqinlar tas’ir ko‘rsatmoqda.
Ular yovvoyi hayvonlarni cho‘chitadi, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlarda o‘stiriladigan o‘simliklar orasida
tuproq tarkibida namlik
yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan
(terak, soxta kashtan, shumtol, akatsiya, gledichiya va boshqalar), havo
tarkibidagi karbonat angidridni o‘zlashtiradigan va havoga kislorod bilan
birga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladigan fitonsidlar
ishlab chiqaradigan o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shahar hududida
118
o‘sadigan o‘simliklarning asosiy vazifasi organik modda hosil qilish emas, balki
havo tarkibini me’yorida ushlab turishdir. Ular o‘zida chang va turli xil zararli
kimyoviy mahsulotlarni ushlab qoladi va tabiiy tozalovchi vazifasini bajaradi.
Urbanoekosistemada tarqalgan hayvonlar orasida qushlar (kaptar, chumchuq,
qaldirg‘och va boshqalar), kemiruvchilar (kalamush, sichqon, olma xonlar),
hasharotlar (qandalalar, suvaraklar, asalarilar va boshqalar) uchraydi.
Shahar ekosistemasini boshqaruvchi ekologik ixtisoslashgan tashkilot larning
bugungi kundagi vazifasi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasini,
kommunal va transport sohalarini ekologizatsiya lashtirish hisoblanadi. Energiya
sarfini kamaytirish borasida ham bir qancha muammolar o‘z yechimini topib
bormoqda. Energiya olishda quyosh batareyalaridan
va energiyani nisbatan
kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga
suv sarfini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni kamaytirish va
qayta ishlash kabi muammolar mavjud.
Bug‘doyzor
G‘o‘za
maydoni
Olmazor
Paxtazor
Dostları ilə paylaş: