1. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli? Javob



Yüklə 8,69 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#133705
  1   2
1. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli Javob-www.fayllar.org


1. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli? Javob

1. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli?

Javob: Nikohni halol, zinoni harom qilgan Alloh taologa cheksiz hamd bo‘lsin. Nikoh mening sunnatimdir, degan Rasulullohga bitmas-tuganmas salovat va salom bo‘lsin!
Nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilgan muqaddas qonunlaridan biri bo‘lib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug‘chilik, mehr-oqibatni mukammal bo‘lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi.
Islom faqihlarining umumiy fikri shuki: kimdaki shahvat zo‘rayib, zinoga giriftor bo‘lish xavfida qolsa, oila qurishga moliyaviy imkoniyati ham mavjud bo‘lsa, uning darhol uylanishi zarur bo‘ladi. Shahvati bor-u, biroq zino fitnasidan yiroq bo‘lsa, Hanafiy mazhabimiz olimlarining maslahatlariga ko‘ra, bunday insonning bemalol nafl ibodatlar qilish uchun yolg‘izlikni tanlashidan ko‘ra, oila qurishi baribir afzal va mustahab hisoblanadi. Sahobai kiromlarning qilgan ishlari va aytgan so‘zlariga diqqat qilinsa ham, shu fikr maʼqul ekani namoyon bo‘ladi:
Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu shunday degan ekanlar: “Agar o‘n kun umrim qolib, uning oxirida vafot etishimni aniq bilsam va menda uylanish imkoniyati bo‘lsa, shu o‘n kun ichida ham fitnadan ehtiyot uchun uylanib olgan bo‘lar edim”.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Saʼid ibn Jubayrga aytgan ekan: “Oila qur, chunki bu ummatning yaxshilari ayoli ko‘plaridir”.
Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: “Uylanmasdan bo‘ydoq, so‘qqabosh yurish Islomga to‘g‘ri keladigan ish emas. Kim seni xotin olishdan qaytarsa, u seni Islom yo‘lidan boshqasiga boshlayapti ekan”.
Demak, nikoh shariati islomiyada o‘ziga xos bir ibodat ekan. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham juda ko‘plab o‘rinlarda ummatni oila qurishga chaqirgan, bo‘ydoq yurishdan qaytarganlar.
2. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.

Javob: Ijtimoiy munosabat sifatida nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.
Bir qator mamlakatlarda nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fuqaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada nikoh yoshi ayollar uchun 15, erkaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, Germaniyada esa 16 va 21, AQShda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak er-xotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahamiyatga ega. Buning uchun nikoh shartnomalari tuziladi.

3. Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 63-moddasida taʼkidlanishicha, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin