Agar nizo uzoq vaqt davomida hal qilinmasa, unda u eskalatsiya davriga o‘tadi. Nizolar eskalatsiyasining ikki xil asosiy modeli mavjud.
1. Tajovuzkor – himoyalanuvchi (bir tomon hujum qiladi, ikkinchi tomon himoyaga o‘tadi).
2. Spiralsimon (bir tomonning hujumkor taktikasi ikkinchi tomon-ning hujumkor taktikasini yuzaga keltiradi, bu esa birinchi tomonning hujum qilish taktikasini yanada kuchayishiga olib keladi va jarayon shu tarzda davom etaveradi).
Nizolarni bartaraf etish uni yuzaga keltirgan sabablarni yo‘q qilish yoki nizo ishtirokchilarining maqsadlarini o‘zgartirishdir.
Nizolarni boshqarish – ularni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish uchun nizolashuvchilarga maqsadli ta’sir ko‘rsatish yoki nizo-lashuvchilarning harakatlarini o‘zgartirish hisoblanadi.
Nizolarni boshqarishning quyidagi asosiy usullari farqlanadi:
shaxslararo, ya’ni alohida olingan shaxsga ta’sir qilish usullari;
tuzilmaviy, ya’ni tashkil etilgan nizolarni bartaraf etish usullari;
javoban tajovuzkorona harakatlar. Bu usul nizolashuvchi guruh-larning boshqa imkoniyati qolmaganda, qo‘llaniladi.
shaxslararo usullar o‘z xatti-harakatini to‘g‘ri tashkillashtirish, qarshi tomonning himoya qilish harakatlarini yuzaga keltirmasdan o‘zining fikrini ayta olishdir.
Bu usullar kishiga o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga, muxolifini dushmanga aylantirmaslikka yordam beradi. Ulardan foydalanish har qanday sharoitda ham foydalidir. Ta’kidlash lozimki, mazkur usullarni qo‘llashda malaka, tajriba kerak bo‘ladi. Bu usullarda yuzaga kelgan holat haqida o‘z fikr va takliflarini aytishga imkon yaratiladi. Kishida biror bir ma’lumot yetkazish ishtiyoqi tug‘ilganda va aytilgan ma’lumot tajovuz kayfiyatini tug‘dirmaganda bu usullarni qo‘llash samara beradi.
Voqelik. Uslub talabiga muvofiq yuzaga kelgan sharoit subyektiv va emotsional, bo‘yalgan gaplarsiz, qisqacha, xolisona ta’riflanishi kerak. Gapni quyidagi iboralardan boshlasa bo‘ladi: ”Menga baqirgan vaqt-da...”, ”Mening stolim ustida narsalar sochilib yotgan vaqtda...”, “Meni boshliq chaqirgani haqida menga aytmaganda...”.
Individning munosabati. Nima uchun tevarak-atrofdagilarning xatti-harakatlari asabingizga tegishini sezdirsangiz ular sizni yaxshiroq tushunadi. Siz boshqalarga hurmat bilan muomalada bo‘lsangiz ularning sizga bo‘lgan munosabat ham ijobiy tomonga o‘zgaradi. “Men sizdan xafaman ...”, “Siz meni tushunmayapsiz deb hisoblayman ...”, “Barcha narsalarni o‘zim bajarishga kirishaman...” kabi iboralar kishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Voqelikning ma’qul bo‘lgan yakuni. Individ nizoning yakuni haqida o‘z fikrini aytishi uchun unga bir necha variantni taklif qilgan ma’qul.