1. Nizoning vazifalari va turlari


Muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə7/8
tarix07.11.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#119088
1   2   3   4   5   6   7   8
Iroda Shoymardonova

Muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik. Har qanday muzokara-dan oldin ularga tayyorgarlik ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Ish holatini, nizo ishtirokchilarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash lozim. Kuchlar nisbatini bashorat qilish, muzokara olib boruvchi va u qaysi guruh manfaatini ko‘zlashi aniqlanadi.
Bu bosqichda ma’lumot yig‘ishdan tashqari muzokarada ishtirok etishdan o‘z maqsadini ham belgilab olish lozim. Shu munosabat bilan quyidagi savollarga javob berish kerak:

  • Muzokara o‘tkazishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  • Muqobillikning imkoniyati nimalardan iborat? Muzokaralar qan-day natija olish uchun o‘tkaziladi, bunday natijalar kerakmi va unga erishish imkoniyati bormi?.

  • Agar muzokaradan natija chiqmasa, bu holat tomonlarga qanday ta’sir etishi mumkin?

  • Muxoliflarning bir-biriga bog‘liqligi nimada va u tashqi ko‘rinishda qanday namoyon bo‘ladi?

Shuningdek, tadbir bilan bog‘liq bir qator masalalar ham ishlab chiqiladi, ya’ni muzokaralar qayerda o‘tkazildi? Muzokarada qanday muhit yuzaga keladi? Kelajakda muxoliflar bilan qanday munosabat o‘rnatish kerak?
Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, muzokaraning 50% muvaffaqiyati uning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.
Muzokaraning ikkinchi bosqichi dastlabki pozitsiyalarni belgilab olish (ishtirokchilarning muzokara haqidagi rasmiy e’lonlari)dir. Bu bos-qich ishtirokchilarning ikkita maqsadini amalga oshirishga yordam be-radi: muxoliflarning manfaati ma’lumligini va ularni hisobga olishin-gizni bildirish; harakat maydonini belgilab olish va unda harakat qilish uchun iloji boricha ko‘p joy egallash.
Odatda, muzokaralar har ikki tomonning maqsadlari e’lon qilinishi-dan boshlanadi. Faktlar va jiddiy dalillar yordamida tomonlar o‘zlari-ning holatlarini mustahkamlashga urinishadi.
Muzokaralar vositachi yordamida olib borilayotgan bo‘lsa, unda u tomonlarga o‘z fikrini to‘liq ayta olishi va tomonlar vakillarining gapla-rini buzib ko‘rsatmasligi kerak. Bundan tashqari, yetakchi tomonlar aso-siy omillarni belgilaydi va ularni boshqaradi: muhokama qilish uchun berilgan vaqt, murosaga kela olmaslik natijalari, yechim variantlarini taklif etadi.
Muzokaraning uchinchi bosqichi o‘zaro ma’qul bo‘lgan qarorga kelish, ruhiy kurashdan iborat.
Bu bosqichda tomonlar bir–birining imkoniyatlarini aniqlaydi, ta-lablarining to‘g‘riligini belgilaydi, ularning yechimi nizo ishtirokchilari manfaatlarida qanday aks etadi kabi savollarga javob beradi. Muxoliflar faqat o‘zlari uchun foydali bo‘lgan dalillarni taqdim etadi va yana turli xil muqobil dalillari borligini ma’lum qilishadi. Bunda ta’sir qilishning har xil usullari qo‘llaniladi, turli yo‘llar bilan tashabbusni qo‘lga kiri-tishga harakat qilinadi. Har bir ishtirokchining maqsadi g‘alabaga va us-tuvorlikka erishishdir.
Vositachining bu bosqichdagi vazifasi ishtirokchilar manfaatining turli xil ehtimoliy holatlarini harakatga keltirish, yechimning variantlari-ni solishtirish, muzokaraning yechimlarini topishdir. Agar muzokaralar keskin tus olib, ma’lum shaxsni haqorat qilishgacha borib yetsa, yetak-chi mazkur holatdan chiqib ketish yo‘llarini topishi kerak.
To‘rtinchi bosqich - muzokaralarni tugatilish yoki boshi berk ko‘-chadan chiqish.
Bu bosqichda turli xil variantlar va takliflar mavjud. Har ikki tomon bir qancha chekinish qilsa, vaziyat ijobiy tomonga burilishi mumkin. Bu yerda tomonlar qanday chekinishlar ijobiy natija berishini va qanday natijalar oldin erishilgan natijalarni barbod qilishi mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Nizo yechimiga doir tavsiyalar quyi-dagilardan iborat:
nizolarning, ya’ni qarama-qarshi maqsadlar, usullar borligini tan olish, ularning ishtirokchilarini aniqlash. Amalda bu masalalarni yechish qiyin. Hech qachon ikki tomon vakillari nizolashuvchilarini ochiqchasi-ga tan olmaydi. Tan olish holatlari juda kam uchraydi. Ba’zida nizo uzoq vaqtdan beri davom etib keladi, odamlar undan aziyat chekishadi, lekin uning borligi tan olinmaydi. Har bir ishtirokchi nizolashuvchisiga ta’sir etish usulini o‘zi tanlab oladi. Va yuzaga kelgan sharoitdan o‘zi chiqib ketish yo‘llarini axtaradi.
Nizolar borligi tan olingandan keyin, uni bartaraf etish imkoniyati yo‘qligini qayd etib, muzokara o‘tkazish haqida fikrlashib olish maqsad-ga muvofiqdir. Bunda vositachi bilanmi yoki uning ishtirokisiz muzo-kara olib borilishini, har ikki tomonga ma’qul bo‘lgan vositachi kimli-gini, muzokara tartibini belgilab olish, muzokaralar qachon, qayerda va qanday tarzda boshlanishini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Ya’ni, muzo-karalarning vaqti, joyini, muzokara olib borish tartibini, o‘zaro harakat boshlash vaqtini, nizoga taalluqli yana bir qator masalalarni belgilab olish kerak. Muhimi, nizo sababini aniqlashdir. Bu bosqichda o‘zaro yondashuvlar ishlab chiqiladi, tomonlar pozitsiyalari aniqlanadi, kelish-movchilik holatlari belgilanadi va yaqinlashish nuqtalari qayd etiladi.
Yechim variantlarini ishlab chiqish uchun tomonlar hamkorlikda uning bir necha variantlarini taqdim etadi, ularning xarajatlari va oqibat-lari ko‘rsatiladi.
Kelishilgan qarorni qabul qilish uchun bir qator variantlar ko‘rib chiqilganda va tomonlar o‘zaro kelishuvga rozi bo‘lganda bu qarorni umumiy holda yozma ravishda kommunikativ, rezolyutsiya, hamkorlik haqidagi bitim va b. tarzida taqdim qilish maqsadga muvofiqdir. Alohida holatlarda yozma ravishdagi hujjatlar har bir bosqichdan keyin tayyor-lanadi.
Qabul qilingan narsalarni amalga oshirish. Agar o‘zaro harakatlar jarayoni ishlab chiqilgan va kelishilgan qaror bilan yakunlansa va undan keyin hech qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda mazkur holat yanada kuchliroq nizolarga sabab bo‘lishi mumkin, chunki birinchi nizoni yuzaga keltirgan sabablar bartaraf qilinmagan, uni bartaraf etish haqidagi qarorlar bajarilmaganligi sababli majburiyatlar kuchayib ket-gan. Bunday holatlarda muzokara olib borish ancha qiyin kechadi

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin