6-Ma’ruza. O‘lchash va o’lchov asboblari haqida asosiy ma’lumotlar
o‘lchash vositasi deb ataladi. O‘lchash vositalari va prinsiplarini belgilovchi qoidalar to‘plamiga o‘lchash usuli deyiladi. Texnik o‘lchashlarda bevosita baholash, differensial va kompensatsion
(nolli) usullar keng tarqalgan. Bevosita baholash usulida o‘lchanayotgan
kattalikning qiymati bevosita o‘lchash asbobining hisoblash qurilmasi yoki
bevosta ishlovchi o‘zgartkichning signali orqqali aniqlanadi. Bu usul masalan,
bosimni prujinali manometr bilan, tok kuchini ampermetr bilan, haroratni
qarshilik termoo‘zgartkichlari bilan o‘lchashda qo‘llaniladi.
Differensial usulda o‘lchash asbobiga kattalikning o‘lchanayotgan va
asosiy (ma’lum) qiymatlarining farqi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, massasi bir
kilogrammdan ortiq bo‘lgan jismlarning massasini tarozi toshlaridan foydalanib
o‘lchash va o‘lchash diapazoni bir kilogrammgacha bo‘lgan ko‘rsatuvchi
tarozilarda o‘lchashlar. Bunday usul o‘lchashlar farqini hatto yuqori aniqlikka
ega bo‘lmagan asboblar bilan o‘lchaganda ham etarlicha aniq natijalarni olish
imkonini beradi. Biroq buning uchun kattalikning asosiy (ma’lum) qiymati
yuqori aniqlikda bo‘lishi va o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga juda yaqin
bo‘lishi kerak.
Kompensatsion (nolli) usulda o‘lchanayotgan kattalik qiymati yuqori
aniqlik bilan oldindan ma’lum bo‘lgan kattalik bilan kompesatsiyalanadi, ya’ni
ular o‘rtasidagi farq ma’lum kattalikning o‘zgarishi hisobiga nolga keltiriladi.
Ushbu usulda qo‘llaniladigan o‘lchash asbobi (nolь-asbob) faqatgina ikkita
kattalik o‘rtasida tenglik o‘rnatilganligi yoki ularning farqi nolga tengligini
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu usulga misol sifatida termo – e.yu.k. ni
o‘lchash va qarshilikni muvozatlashuvchi ko‘prik yordamida o‘lchashni keltirish
mumkin. Kompensatsion usul o‘lchanayotgan kattalik muvozanatlashuvchi
ma’lum kattalikning aniqligi va nolь-asbobning sezgirligiga qo‘yilgan aniqlik
darajasi bilan belgilanuvchi yuqori o‘lchash aniqligini ta’minlaydi.