11
O‘lchash vositalari boshqa texnik qurilmalardan
farqli ravishda
me’yorlashtirilgan metrologik xossalarga, ya’ni o‘lchash
natijalarining aniqligi
va ishonchligini belgilovchi xossalar va kattaliklarning ma’lum son qiymatlariga
ega.
O‘lchash informatsiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay
shaklda chiqaruvchi o‘lchash vositasi
o‘lchash asbobi
deb ataladi
.
O‘lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son
qiymatini o‘qishi yoki hisoblashi mumkin. O‘lchash
asboblari
analogli
va
raqamli
bo‘ladi. Analogli o‘lchash asbobidagi ko‘rsatish o‘lchanayotgan
kattalikning o‘zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash
asbobida ko‘rsatish o‘lchash informatsiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasi
hisoblanuvchi raqamli shaklda beriladi.
O‘lchash asboblari
ko‘rsatuvchi
va
qayd qiluvchi
turlarga bo‘linadi.
Ko‘rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd
qiluvchilarida esa ko‘rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog‘ozga
raqamli
yoki uzluksiz shaklda bosiladi yoki informatsiya shaklida xotira qurilmasida
saqlanadi. O‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan
kattalikni vaqt yoki boshqa
mustaqil o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallash kabi turli o‘zgartirishlarni amalga
oshirish mumkin.
O‘lchash informatsiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun
qulay ko‘rinishda ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita
qabul qilishi uchun uzatmaydigan o‘lchash vositasiga
o‘lchash o‘zgartkichi
deyiladi.
Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichining signalini
qabul qila olmaydi. O‘lchash informatsiyasining uzatilishi o‘zgartkichning
chiqish signali parametrini informativ o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi.
Differensial-transformatorli
o‘zgartkichda
o‘zak
holatining
o‘zgarishi
transformatorning ikkinchi chulg‘ami chiqishidagi o‘zgaruvchan tok signalining
amplitudasini o‘zgarishiga proporsional ravishda mos keladi.
Dostları ilə paylaş: