1. O‘lchashning turlari



Yüklə 407,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.11.2023
ölçüsü407,48 Kb.
#131970
  1   2   3   4   5
6-Ma’ruza. O‘lchash va o’lchov asboblari haqida asosiy ma’lumotlar




6-Ma’ruza. O‘lchash va o’lchov asboblari haqida asosiy ma’lumotlar 
Reja: 
1.
 
O‘lchash. O‘lchashning turlari. 
2.
 
O‘lchash vositalari va ularning elementlari. 
3.
 
O’lchash xatoliklari 
 
1.
 
O‘lchash. O‘lchashning turlari 
O‘lchash
– tajriba yo‘li bilan moddiy ob’ektlarning ixtiyoriy miqdoriy 
tavsiflarini olish. 
O‘lchash jarayoni o‘zida maxsus texnik vositalar yordamida tajriba orqali 
fizik kattaliklarning qiymatlarini topish jarayonini namoyon etadi. 
Ko‘pgina hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattaliklarni son 
qiymati 1 ga teng va fizik kattalikning birligi yoki o‘lchov birligi deb ataluvchi 
boshqa kattaliklar bilan solishtirish amalga oshiriladi. 
O‘lchash natijasi – bu kattalikni o‘lchash natijasida, masalan uni o‘lchov 
birligi bilan solishtirish orqali topilgan son qiymati
. O‘lchashning asosiy 
tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
q
Q
R
/

(2.1) 
bu yerda 
Q
– o‘lchanayotgan fizik kattalik; 
q
– o‘lchov birligi; 
R
– o‘lchash 
natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati. 
Fizik kattalikning birligi – fizik kattalikning bir xil tabiatli fizik 
kattaliklarni miqdoriy baholash uchun asos sifatida qabul qilingan o‘lchami. 
Fizik kattaliklarning birliklarini xalqaro masshtabda unifikatsiyalash maqsadida 
Xalqaro birliklar tizimi SI yaratilgan. 
O‘lchanayotgan fizik kattaliklarning son qiymatini olish usuliga ko‘ra 
barcha texnik o‘lchashlarni 
bevosita
(ob’ekt bevosita o‘lchov birligiga ega 
vositaga 
qo‘yilgan hollarda, masalan chizg‘ich yordamida uzunlik 
o‘lchanganda) va 
bilvosita
turlarga ajratish mumkin. Bilvosita o‘lchash usulida 
kattalikning son qiymati o‘lchanayotgan kattalik bilan quyidagicha bog‘liqlikka 
ega bo‘lgan bevosita o‘lchash natijalari asosida topiladi: 
)
,...
,
(
2
1
n
x
x
x
f
y

(2.2) 
bu yerda 
u
– qidirilayotgan kattalik; 
x
1
 , x
2
 ,…, x
n
– bevosita o‘lchash usuli 
orqali o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatlari. 
Bilvosita o‘lchash usuliga jismlarni zichligini massa va hajmni o‘lchash 
natijalari orqali aniqlashni, o‘tkazgichlarning solishtirma elektr qarshiligini 
ularning qarshiligi, uzunligi va ko‘ndalang kesim yuzasi orqali aniqlashni, 
chuqurlikni exolot yordamida o‘lchashlarni misol keltirish mumkin. 
Tajribaviy amaliyot va ilmiy izlanishlarda shuningdek umumiy va qo‘shma 
o‘lchash usullari ham mavjud bo‘lib, bu o‘lchash usullari ishlab chiqarish 
sharoitlarida mikroprotsessorli vositalarning kiritilishi bilan amalga oshiriladi. 
O‘lchash natijalariga vaqt, o‘lchash joyi, o‘lchayotgan shaxs va 
boshqalarning ta’sir ko‘rsatmasligi uchun o‘lchashlarning bir xilligini ta’minlash 
zarur. 
Buning uchun quyidagilar kerak: 


10 
1.
o‘lchov birligi (masalan, SI tizimi); 
2.
etalonlar; 
3.
o‘lchash vositalari (ishchi va namunaviy asboblar); 
4.
tekshirish sxemasi – turli darajadagi ishchi va namunaviy o‘lchash 
vositalarini birgalikda ishlash tartibini reglamentlashtiruvchi hujjat. 
O‘lchash, o‘lchash prinsipini belgilovchi fizik hodisalarga asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, haroratni o‘lchash moddalarning kengayishi asosida; 
bosimni o‘lchash muvozanatlashuvchi suyuqlik ustunlarining balandligi 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Umumiy va qo‘shma o‘lchashlarda aniqlanayotgan 
kattalik bevosita usul orqali o‘lchanayotgan kattalikning tenglamalar tizimiga 
bog‘liq bo‘ladi. Umumiy o‘lchash usulida tenglamaga bir xil nomdagi kattaliklar 
kiritiladi. 
U yoki bu o‘lchash prinsiplarini amalga oshirish uchun turli xil texnik 
vositalar qo‘llaniladi. 
O‘lchashlarda 
qo‘llaniladigan 
va 
me’yorlashtirilgan 
metrologik 
xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar 

Yüklə 407,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin