1. O‘lchashning turlari



Yüklə 407,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.11.2023
ölçüsü407,48 Kb.
#131970
1   2   3   4   5
6-Ma’ruza. O‘lchash va o’lchov asboblari haqida asosiy ma’lumotlar

o‘lchash vositasi
 deb ataladi. 
O‘lchash vositalari va prinsiplarini belgilovchi qoidalar to‘plamiga 
o‘lchash usuli
 deyiladi.
Texnik o‘lchashlarda bevosita baholash, differensial va kompensatsion 
(nolli) usullar keng tarqalgan. Bevosita baholash usulida o‘lchanayotgan 
kattalikning qiymati bevosita o‘lchash asbobining hisoblash qurilmasi yoki 
bevosta ishlovchi o‘zgartkichning signali orqqali aniqlanadi. Bu usul masalan, 
bosimni prujinali manometr bilan, tok kuchini ampermetr bilan, haroratni 
qarshilik termoo‘zgartkichlari bilan o‘lchashda qo‘llaniladi. 
Differensial usulda o‘lchash asbobiga kattalikning o‘lchanayotgan va 
asosiy (ma’lum) qiymatlarining farqi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, massasi bir 
kilogrammdan ortiq bo‘lgan jismlarning massasini tarozi toshlaridan foydalanib 
o‘lchash va o‘lchash diapazoni bir kilogrammgacha bo‘lgan ko‘rsatuvchi 
tarozilarda o‘lchashlar. Bunday usul o‘lchashlar farqini hatto yuqori aniqlikka 
ega bo‘lmagan asboblar bilan o‘lchaganda ham etarlicha aniq natijalarni olish 
imkonini beradi. Biroq buning uchun kattalikning asosiy (ma’lum) qiymati 
yuqori aniqlikda bo‘lishi va o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga juda yaqin 
bo‘lishi kerak. 
Kompensatsion (nolli) usulda o‘lchanayotgan kattalik qiymati yuqori 
aniqlik bilan oldindan ma’lum bo‘lgan kattalik bilan kompesatsiyalanadi, ya’ni 
ular o‘rtasidagi farq ma’lum kattalikning o‘zgarishi hisobiga nolga keltiriladi. 
Ushbu usulda qo‘llaniladigan o‘lchash asbobi (nolь-asbob) faqatgina ikkita 
kattalik o‘rtasida tenglik o‘rnatilganligi yoki ularning farqi nolga tengligini 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu usulga misol sifatida termo – e.yu.k. ni 
o‘lchash va qarshilikni muvozatlashuvchi ko‘prik yordamida o‘lchashni keltirish 
mumkin. Kompensatsion usul o‘lchanayotgan kattalik muvozanatlashuvchi 
ma’lum kattalikning aniqligi va nolь-asbobning sezgirligiga qo‘yilgan aniqlik 
darajasi bilan belgilanuvchi yuqori o‘lchash aniqligini ta’minlaydi.

Yüklə 407,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin