1. O‘lchashning turlari



Yüklə 407,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.11.2023
ölçüsü407,48 Kb.
#131970
1   2   3   4   5
6-Ma’ruza. O‘lchash va o’lchov asboblari haqida asosiy ma’lumotlar

 
2.
 
O‘lchash vositalari va ularning elementlari 


11 
O‘lchash vositalari boshqa texnik qurilmalardan farqli ravishda 
me’yorlashtirilgan metrologik xossalarga, ya’ni o‘lchash natijalarining aniqligi 
va ishonchligini belgilovchi xossalar va kattaliklarning ma’lum son qiymatlariga 
ega.
O‘lchash informatsiyasi signalini kuzatuvchi bevosita qabul qilishiga qulay 
shaklda chiqaruvchi o‘lchash vositasi 
o‘lchash asbobi
 deb ataladi

O‘lchash asbobidan foydalanib kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son 
qiymatini o‘qishi yoki hisoblashi mumkin. O‘lchash asboblari 
analogli
va 
raqamli 
bo‘ladi. Analogli o‘lchash asbobidagi ko‘rsatish o‘lchanayotgan 
kattalikning o‘zgarishini uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Raqamli o‘lchash 
asbobida ko‘rsatish o‘lchash informatsiyasi signalini diskret o‘zgartirish natijasi 
hisoblanuvchi raqamli shaklda beriladi. 
O‘lchash asboblari 
ko‘rsatuvchi
va 
qayd qiluvchi
turlarga bo‘linadi. 
Ko‘rsatuvchilarida – qiymat shkala yoki raqamli tabloda aks ettiriladi. Qayd 
qiluvchilarida esa ko‘rsatilayotgan qiymatlar diagrammali qog‘ozga raqamli 
yoki uzluksiz shaklda bosiladi yoki informatsiya shaklida xotira qurilmasida 
saqlanadi. O‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan kattalikni vaqt yoki boshqa 
mustaqil o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallash kabi turli o‘zgartirishlarni amalga 
oshirish mumkin.
O‘lchash informatsiyasi signalini uzatish, qayta ishlash yoki saqlash uchun 
qulay ko‘rinishda ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin kuzatuvchi bevosita 
qabul qilishi uchun uzatmaydigan o‘lchash vositasiga
o‘lchash o‘zgartkichi
 
deyiladi. 
Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichining signalini 
qabul qila olmaydi. O‘lchash informatsiyasining uzatilishi o‘zgartkichning 
chiqish signali parametrini informativ o‘zgarishi bilan amalga oshiriladi. 
Differensial-transformatorli 
o‘zgartkichda 
o‘zak 
holatining 
o‘zgarishi 
transformatorning ikkinchi chulg‘ami chiqishidagi o‘zgaruvchan tok signalining 
amplitudasini o‘zgarishiga proporsional ravishda mos keladi.

Yüklə 407,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin