Mustaqil ta’lim jarayonida talaba mustaqil ishlarni o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan mashqlar tayyorlash, ertalabki badantarbiya mashqlari va 32 sanoqqa kompleks mashqlarni tuzish hamda tayyorlash, internet materiallarini mustaqil tayyorlab kelish kabi topshiriqlarni bajaradilar.
4. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Baholash usullari
Ekspress testlar, yozma ishlar, og`zaki so`rov, prezentasiya, amaliy va sport turining texnikasiga oid mashqlar.
Baholash mezonlari
86-100 ball “a`lo”
-dars jadvalida belgilangan vaqtda mashg‘ulotlarga muntazam qatnashgan;
-me’yorda ko‘rsatilgan topshiriqlarni a’lo darajada topshirgan;
-universitet ommaviy sport musobaqalarida faol ishtirok etgan.