1 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix15.04.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
223-bio. Rustamova Gulshanoy ( Nargiznomalar qabilasi )




 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI 
5140100-Biologiya (turlari bo’yicha)
NARGIZNOMALAR QABILASI mavzusida 
KURS ISHI 
BAJARDI: Tabiiy fanlar fakulteti 1-bosqich 1-potok 223-guruh 
talabasi 
Rustamova Gulshanoy 
 
 
Ilmiy rahbar: 
_________________________ 
(илмий даражаси ва илмий унвони) 
 
Urganch – 2023



MUNDARIJA 
Kirish……………………………………………………………………......….....3 
I bob. Adabiyotlar sharxi…………………………………………………........ ...6 
II bob. Asosiy qism………………………………………………………….…..17 
2.1. Nargisnamolar qabilasining umumiy tavsifi ............................................17 
2.2. Nargisnamolar qabilasiga kiruvchi oilalar haqida ma`lumotlar ...............22 
2.3. Nargisnamolar qabilasi vakillarining tabobatda va xalq xo`jaligidagi
ahamiyati …...........................................................................................................33 
Xulosa.....................................................................................................................39 
Adabiyotlar ro’yxati................................................................................................40 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi: Insonning xo`jalik faoliyatida o`simliklardan hosil 
bo`lgan mahsulotlar-ko`mir, to`rf, neft, va gaz kabilar muhim rol o`ynaydi. Jonli 
tabiatning muhim tarkibi hisoblangan o`simliklar biologik moddalarning me`yoriy 
aylanishini ta`minlaydi, atmasferani kislorodga boyitadi, organik moddalar 
to`playdi, inson va hayvonlar uchun ozuqa mahsuloti bo`lib xizmat qiladi. 
Bu oilaga ko'p yillik piyozli o'simliklar kiradi. Barglari qalami. Gullari ikki 
jinsli, to'g'ri, ba'zan biroz qiyshiqroq. Gullari va mevalarining tuzilishi jihatdan 
piyozdoshlarga juda yaqin turadi va tugunchalarining pastki bo'lishi bilan ulardan 
farq qiladi. Gullari oq, sariq yoki sarg'ish, qizil g'ishtrang. Changchisi 6 ta, 
tugunchasi pastki, uch uchli. Mevasi — ko'sakcha. Bu oilaga 60—65 turkum va 
900 tur kiradi. Ular asosan tropik va subtropik hududlarda, ayniqsa Markaziy va 
Janubiy Amerika va O'rtayer dengizi atroflarida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 3 ta 
turkum, 9 ta turi, O'zbekistonda 3 ta turkum (Ungernia, Sternbergia, Narciss) ga 
mansub 5 ta turi uchraydi. 
Ungerniya, qoraqobiq (Ungernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik 
piyozli o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kelib 
quriydi. Poyasi bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal 
qiyshiqroq, sarg'ish-qizil yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta. 
Tugunchasi uch uyali. Mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivertzovii, 
U. victoris) o'sadi. Seversov qoraqobig'i — Ungernia severt/.ovii. Ko'p yillik 
piyozli o'simlik. Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan. Poyasi 
silindrsimon, bo'yi 20—40 sm. To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6 
ta gulbargchali, qizil g'isht rangli. Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan 
ochiladi. Qor ketishi bilan piyozidan o'sib chiqqan barglari may oyining ikkinchi 
yarmida quriydi. Iyul oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning 
uchida to'pgul hosil bo'ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog'da toshli va chag'ir 
yonbag'irlarda o'sadi. Dorivor o'simlik. O'zbekiston Respublikasi „Qizil kitob" iga 
kiritilgan. 



Shlernbergiya (Sternbergia) turkumi. Turkumga piyozli ko'p yillik o't 
o'simliklar kiradi. Barglari qalami, 4—8 ta. Gulqo'rg'oni 6 ta bargchali, 
voronkasimon, changchisi 6 ta, tugunchasi uch meva bargli. Mevasi — ko'sakcha. 
O'zbekistonda bitta turi o'sadi (Fisher shternbergiyasi — Sternbergia fischeriana). 
Ko'p yillik piyozli o't o'simlik. Piyozchalari tuxumsimon, 3 sm qalinlikda. Poyasi 
gullagan davrda 10 sm gacha, mevalagan vaqtda esa uzunroq bo'ladi. Barglari 4—
8 ta, yashil, tuksiz, qalami. Gullari sariq, 8—10 mm u/.unlikda. Fevral-mart 
oylarida gullaydi, urug'i aprel oyida yetiladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin