31
2.2.5-rasm. Ungernia (qoraqobiq).
Ungerniya, qoraqobiq (Ungernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik piyozli
o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kclib quriydi.
Poyasi bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon,
sal qiyshiqroq,
sarg'ish-qizil yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta. Tugunchasi
uch uyali. Mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivertzovii, U. victoris)
o'sadi. Seversov qoraqobig'i — Ungernia severt.ovii. Ko'p yillik piyozli o'simlik.
Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan.
Poyasi silindrsimon, bo'yi 20—40
sm. To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6 ta gulbargchali,
qizil
g'isht rangli. Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan ochiladi. Qor ketishi
bilan piyozidan o'sib chiqqan barglari may oyining ikkinchi yarmida quriydi. Iyul
oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning uchida to'pgul
hosil
32
bo'ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog'da toshli va chag'ir yonbag'irlarda o'sadi.
Dorivor o'simlik. O'zbekiston Respublikasi „Qizil kitob" iga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: