39 XULOSA Nargisnamolarqabilasini o`rganib quyidagi xulosaga kelindi: Gullari va
mevalarining
tuzilishi
jihatdan
piyozdoshlarga
juda
yaqin
turadi
va
tugunchalarining pastki bo'lishi bilan ulardan farq qiladi. Gullari oq, sariq yoki
sarg'ish, qizil g'ishtrang. Changchisi 6 ta, tugunchasi pastki, uch uchli. Mevasi —
ko'sakcha. Bu oilaga 60—65 turkum va 900 tur kiradi. Ular asosan tropik va
subtropik hududlarda, ayniqsa Markaziy va Janubiy Amerika va O'rtaycr dengizi
atroflarida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 3 turkum, 9 turi, O'zbekistonda 3 ta
turkum (Ungernia, Sternbergia, Narciss) ga mansub 5 turi uchraydi.
Ungerniya, qoraqobiq (Ungernia) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik
piyozli o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kelib
quriydi. Poyasi bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal
qiyshiqroq, sarg'ish-qizil yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta.
Tugunchasi uch uyali. Mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivertzovii,
U. victoris) o'sadi. Seversov qoraqobig'i — Ungernia severt.ovii. Ko'p yillik
piyozli o'simlik. Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan. Poyasi
silindrsimon, bo'yi 20—40 sm. To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6
ta gulbargchali, qizil g'isht rangli. Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan
ochiladi. Qor ketishi bilan piyozidan o'sib chiqqan barglari may oyining ikkinchi
yarmida quriydi. Iyul oyida piyozidan bargsiz, oqish poya unib chiqadi va uning
uchida to'pgul hosil bo'ladi. Sentabr oyida gullaydi. Tog'da toshli va chag'ir
yonbag'irlarda o'sadi. Dorivor o'simlik. O'zbekiston Respublikasi „Qizil kitob"
iga kiritilgan.
Shlernberrgiya (Sternbergia) turkumi. Turkumga piyozli ko'p yillik o't
o'simliklar kiradi. Barglari qalami, 4—8 ta. Gulqo'rg'oni 6 ta bargchali,
voronkasimon, changchisi 6 ta, tugunchasi uch mcva bargli. Mevasi — ko'sakcha.
O'zbekistonda bitta turi o'sadi (Fisher shternbergiyasi — Sternbergia fischeriana).
Ko'p yillik piyozli o't o'simlik. Piyozchalari tuxumsimon, 3 sm qalinlikda. Poyasi
gullagan davrda 10 sm gacha, mevalagan vaqtda esa uzunroq bo'ladi.