5
Shirach (Eremurus) turkumi.Bu turkumga ildizpoyali o't o'simliklar kiradi. Ildiz
yo'g'onlashgan, seret, panjasimon va yulduzsimon.
Poyasi bargsiz, bo'yi 3
metrgacha yetadi. Barglari qalami. uch qirrali, faqat ildiz bo'g'zidan chiqqan.
Gulqo'rg'oni oddiy,
gultojisi- mon, 6 bo'lakli, guli oq, pushti, sariq, och pushti
rangli, 2 doirada o'rnashgan.
Sug'd shirachi — Eremurus sogdianus. Ko'p yillik o't, bo'yi (35)-50—80(150)
sm. Gulqo'rg'on bargchalari turlicha kattalikda. Gullari ko'p, uzunligi 30—40(70)
sm li konussimon shingilga yig'ilgan,
oq rangli, 3 tadan yashil tomirlari bor.
Tugunchasi va ko'sagi silliq.
May-iyun oylarida gullab, urug' beradi. Tog' yonbag'irlarida o'sadi.
Nor shirach, Pushti shirach — Eremurus robustus. Ko'p yillik o't, bo'yi 100—
200 sm. Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4—8 sm,
novsimon. Gulqo'rg'on bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dog'li. May-
iyul
oylarida gullab, urug' beradi. Tog' mintaqasi soz tuproqli yonbag'irlarida
o'sadi. O'zbekiston „Qizil kitob"iga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: