Varikoz muolajasi.
Ayollarning ashaddiy dushmanlaridan biri hisoblanmish varikozni davolash va
uning oldini olish uchun ham piyoz ko`makka keladi. Varikoz profilaktikasida
oyiga ikki marta 3-4 litr piyoz po`sti damlamasidan oyoq uchun vanna qabul qilish
lozim.
Agar kasallik belgilari paydo bo`la boshlasa, piyozli malham sizga yordam
beradi. Buning uchun:
bir piyola maydalangan piyoz po`sti
100 ml. o`simlik yog`i
2 choy qoshiq olma sirkasi
Bularning barini aralashtirib, o`n to`rt kun salqin joyda saqlash lozim.
Davolash usuli:
Uyqu oldidan avval piyoz damlamasi bilan 20 daqiqa vanna (oyoq uchun)
qabul qilinadi. So`ng oyoqni sovuq suvda chayib, tayyor malhamdan surtiladi.
Sochlarim jiloli bo`lsin desangiz
2 osh qoshiq piyoz po`stini 2 st. qaynagan suvda 6 soat damlab, soch ildiziga
surtish kerak va 30-40 daqiqadan keyin chayib tashlanadi. Ikki oy mobaynida
haftasiga
ikki
bor
shunday
muolaja
qilsangiz,
natijasidan
mamnun
38
bo`lasiz.Shuningdek, piyozli damlama tabiiy bo`yoq hisoblangani uchun sochga
oltinrang jilo beradi.
Ajinlar kushandasi
Bir dona piyozni po`sti bilan birga yumshoq bo`lgunicha qaynatasiz. So`ng
ezib, yog`li smetana yoki qatiq bilan (1:1 nisbatda) aralashtirasiz va yuzingizga
surtasiz. Oradan 15-20 daqiqa o`tgach esa so`ng iliq suv bilan chayasiz.
Piyozdoshlar oilasi vakili bo`lmish piyoz eng ko`p iste`mol qilinadigan
asosiy o`simliklardan biridir.
Nargisdoshlar oilasi vakili Nargis o`zing juda chiroyli jozibasi bilan boshqa
o`simliklardan farq qiladi. Bu o`simlik piyozli manzarali o`simlik hisoblanib
hiyobonlar, istirohat bog`lariga ekiladi. Aprel oyida gullaydi.
2.3.1-rasm. Gullayotgan nargis
|