23
2.2. Nargisnamolar qabilasiga kiruvchi oilalar haqida ma`lumotlar
Shirachdoshlar oilasi — Asphodelaceae
Mazkur oila 50 ta turkumga mansub 1500 taga yaqin turlarni o’z ichiga oladi.
Ular asosan Amerika qit’asidan tashqari hududlarda tarqalgan.
Hayotiy shakliga
ko’ra oilada ko’p yillik o’t va butalar ustunlik qiladi. O’zbekistonda shirachlar
turkumiga mansub 21 tur o’sadi. Shirachlardan 17 turi O’zbekiston “Qizil
kitobi”ga kiritilgan. Bu oilaga ko'p yillik o't, past bo'yli daraxtlar kiradi. Barglari
oddiy, butun,
ensiz yoki enli, asosan qalami, seret, ildiz bo'g'zidan chiqadi.
Gulqo'rg'oni oddiy. Gulqo'rg'on bo'laklari va changchilari 6 tadan. Gul formulasi:
P3f3 A3+3G(3) . Mevasi — ko'sakcha. Bu oila 46— 50 ta turkum va 1400—1450
ta turni o'z ichiga oladi. O'rta Osiyoda 1 ta turkum (Eremurus) va 45 turi,
O'zbekistonda esa bitta turkum va 23 turi tarqalgan.
Shirach (Eremurus) turkumi. Bu turkumga ildizpoyali o't o'simliklar kiradi.
Ildiz yo'g'onlashgan, seret, panjasimon va yulduzsimon.
Poyasi bargsiz, bo'yi 3
metrgacha yetadi. Barglari qalami. uch qirrali, faqat ildiz bo'g'zidan chiqqan.
Gulqo'rg'oni oddiy, gultojisimon, 6 bo'lakli, guli oq, pushti, sariq,
och pushti
rangli, 2 doirada o'rnashgan.
2.2.1-rasm. Shirach-Eremurus.
24
Sug'd shirachi — Eremurus sogdianus. Ko'p yillik o't, bo'yi (35)-50—80(150)
sm. Gulqo'rg'on bargchalari turlicha kattalikda. Gullari ko'p, uzunligi 30—40(70)
sm li konussimon shingilga yig'ilgan, oq rangli, 3 tadan yashil tomirlari bor.
Tugunchasi va ko'sagi silliq.
May-iyun oylarida gullab, urug' beradi. Tog' yonbag'irlarida o'sadi.
Nor shirach, Pushti shirach — Eremurus robustus. Ko'p yillik o't, bo'yi 100—
200 sm.
Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4—8 sm,
novsimon. Gulqo'rg'on bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dog'li. May-
iyul oylarida gullab, urug' beradi. Tog' mintaqasi soz tuproqli yonbag'irlarida
o'sadi. O'zbekiston „Qizil kitob"iga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: