1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot



Yüklə 213,32 Kb.
səhifə1/23
tarix17.10.2023
ölçüsü213,32 Kb.
#130512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari-hozir.org


1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot

1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish masalalari bo’yicha ma’lumot .
Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.

Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.


Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuq
ur o`rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish lozim.

Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi qo`yiladi:


- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish;
o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash;
o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish;
YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.
O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan


2.O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo’yicha tilshunos va mulohazalari.
O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.


O‘zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
Bugun O‘zbekist-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;
davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonav
iy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) uch oy muddatda:
“O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini;
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilsin;
v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:
mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;
davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish.



Yüklə 213,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin