1. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni hamda Respublika hukumatining qarorlari


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi sport maktablari bo’yicha 2002 yil 31 dekabrgacha bo’lgan



Yüklə 61,31 Kb.
səhifə3/6
tarix09.12.2023
ölçüsü61,31 Kb.
#138496
1   2   3   4   5   6
O’zbekiston mustaqilligi davrida (1991-2009) jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi sport maktablari bo’yicha 2002 yil 31 dekabrgacha bo’lgan
MA’LUMOT



Viloyatlar

BO’SMlari
soni

Ixtisos
lashgan IBYoOZM

Shu jumladan qishloq joylarda

BO’SM lar soni

Ixtisos-lashgan IBYoOZM




Qoraqalpog’iston

25

1

21

-




Andijon

47

1

32

-




Buxoro

21

5

14

2




Jizzax

17

-

9

-




Qashqadaryo

21

-

19

-




Namangan

30

3

17

-




Navoiy

12

-

9

-




Samarqand

38

3

27

-




Surxondaryo

16

-

14

-




Sirdaryo

15

-

9

-




Farg’ona

36

1

26

-




Xorazm

17

-

14

-




Toshkent viloyati

32

2

15

-




Toshkent shahri

9

18

-

-

Jami

336

34

226

2

Ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlarining sog’lomlashtiruvchi
va tarixiy ahamiyati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog’lim avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta’lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a’lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo’shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya o’qutuvchilari, BO’SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas’ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida»gi Farmoni (1997 yil 10 oktyabr), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog’lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo’nalishi tibbiyot, ta’lim, mahalla va boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog’liqni yaxshilash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o’tkazish ko’zda tutildi. Eng avvalo, «Sog’lom ona va sog’lom bola» shiori ustuvor bo’lishi ta’kidlangan.
Bunday umum madaniy va tarbiyaviy jarayonlarning salmoqli mazmuni jismoniy tarbiya bilan bog’langanligi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan ham bolalar bog’chalari, umumta’lim maktablari, kasb –hunar koledjlari, liseylar va oliy o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya dasrlari, sport mashg’ulotlari hamda ommaviy sport musobaqalarni tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda.
Yana e’tiborli tomoni shundaki maxsus maktablar (nogiron va jismonan ojiz) va nogironlar sport klublarida jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berilib, ularning salomatligini saqlash, yaxshilash va rivojlantirish yo’lida o’ziga xos tadbirlar, mashg’ulotlar va hatto sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida «Umid nihollari - 2003» sport musobaqalarining 1-bosqich natijalari samarali bo’ldi.
Respublika bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablar soni 9690 ta bo’lib, jami o’quvchilar soni 6.258.796 tani tashkil etadi. Barcha viloyatlar, tuman (shahar)lardagi maktablarda o’tkazilgan «Umid nihollari - 2003» sport musobaqalarining 1- bosqichida 9690 ta maktabda 6.116.930 nafar o’quvchi ishtirok etgan. Viloyatlar bo’yicha ishtirok etuvchilar qo’yidagi ko’rsatkichlarda namoyon bo’ladi.
2-Jadval



Viloyatlar

Maktablar
soni

O’quvchilar soni

1-bosqich ishtirokchilari

Jami


1-4

5-7

8-11

1

Qoraqalpog’iston

763

377271

122681

121529

121349

365559

2

Andijon

741

565323

209765

156650

161809

528224

3

Buxoro

531

347108

119084

105909

96345

321338

4

Jizzax

537

268315

99070

71460

60170

230700

5

Qashqadaryo

1083

623578

244302

184145

173456

601903

6

Namangan

672

512999

211791

155122

146208

513121

7

Navoiy

375

205966

70678

84201

88730

243609

8

Xorazm

534

349834

107271

99448

102597

309316

9

Farg’ona

906

691769

285780

206712

193040

685532

10

Samarqand

1195

744237

282501

247893

145529

675923

11

Toshkent viloyati

896

529280

180243

155540

130960

466743

12

Surxandaryo

822

515579

196094

147608

104824

448526

13

Sirdaryo

308

159613

51830

42337

2654

96821

14

Toshkent shax.

327

367924

189311

223442

216862

629615




Jami

9690

6258796

2568569

2001996

174533

6.166.930

1. «Umid nihollari» sport musobaqalarining 1 maktab bosqichida umumta’lim maktablarida 12 sport turining barcha turlarini o’tkazish imkoniyati yo’qligi ishlarning to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligidir. Muammolarni bartaraf qilish uchun tumanlardagi BO’SMlarning sport turlari bo’yicha murabbiylarini umumta’lim maktablariga biriktirish hamda maktablarda o’qiyotgan ma’lum sport turlari yo’nalishi bo’yicha yuqori sport ko’rsatkichlariga ega bo’lgan o’quvchilarni hakamlikka jalb etish, mahallalarda yashayotgan sport fidoyilaridan maqsadli foydalanish zarurdir.


Avval an’ana bo’lgan maktab o’quvchilari, mehnatkashlarning spartakiadalari, talabalarning «Haftalik» musobaqalari va umum Respublika Spartakiadalari o’rniga mustaqillik jarayonida kashf etilgan ko’p bochqichli sport musobaqalari o’tkazib borilmoqda. 1. 2001 yilda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar bolalar, 65862 pedagog va boshqa xodimlar bor. Ularda «Quvnoq bolalar», «Polvonchalar» kabi turli toifadagi (tuman-shahar va jamoalar) musobaqalar o’tkazilmoqda. Bunda eng avvalo bolalarni sog’lom qilib tarbiyalash, sport elementlarini bajarishga o’rgatish hamda qiziqtirish, o’zining harakat faoliyatlarini kuzatish, nazorat qilish kabi muhim tarbiyalash jarayonlari mujassamlashtirilgan.
2. Umumta’lim o’rta maktablar, maxsus maktablarda nogiron va jismonan ojiz bolalar 5.992.364 o’quvchi, 440762 o’quvchi mavjud, sport turlari bo’yicha ommaviy sport musobaqalarini o’tkazish. Bunday musobaqalar 2000 yildan boshlab o’tkazilayogan «Umid nihollari» Respublika maktab o’quvchilarining eng yuqori bosqich dasturlari negizida tashkil etilmoqda. 2002 yildan musobaqalarda 5.5 mln. o’quvchi qatnashdi.
3. 200 ta kasb-hunar kolledjlari 46 ta akademik liseylar va o’rta maxsus o’quv yurtlarining 69346 o’quvchilari orasida «Barkamol avlodlari» sport musobaqalari 1999 yildan boshlab (Jizzax shahri), (2001 yilda Farg’ona) jamoalar, tuman-shahar, viloyatlar miqyosida o’tkazilib, yuqori bosqichi – Respublika finali bilan yakunlanmoqda. Bo’limlarda 2001 yilda 500 ming o’quvchi ishtirok etdi.
4. 64 ta Oliy o’quv yurtlarida 5055 nafar magistrlar va 178435 bakalavrlar bo’lib talabalarning (2000 yil Namangan, 2002 yil Buxoro, 2004 yil Samarqand) ham avvola har bir Oliy o’quv yurtlarida, keyinchalik shahar-tuman (viloyat) miqyosida Oliy o’quv yurtaliraro musobaqalar shaklida o’tkazilmoqda. Ularning yakunlovchi qismi – finali Respublika miqyosida tashkil etilmoqda.
E’tirof etish kerakki, bu bosqichlardagi Respublika musobaqalarini boshlash va yakunlash qismlari bayram tusini olmoqda. Taniqli san’atkorlar, yozuvchi-shoirlar, fan va madaniyat arboblari ishtirok etib, tantanalarga fayz kiritmoqda. Bu, albatta, mustaqillik in’om etgan ulkan madaniy tadbirlarning biridir. Buxoroda o’tkazilgan ikkinchi Universiada qatnashchilarini Respublika Prezidenti I.A.Karimov shunday tabrikladi., ya’ni:

Yüklə 61,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin