1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egalar?
1- Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar
2- Kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka, shuningdek, ta’lim muassasalarida ishlash tajribasiga ea shaxslar
3- Oliy pedagogik ma’lumot hamda 5 yillik pedagogik stajga ega shaxslar
4- Faoliyat jarayonida ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan muloqot qilish malakasini o‘zlashtirgan shaxslar
2. Ta’lim muassasasi nima?
1- Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxs
2- Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish orqali moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish huquqiga ega yuridik shaxs
3- Rivojlangan xorijiy mamlamatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish huquqiga ega yuridik shaxs
4- Ta’lim sohasidagi islohotlarni tashkil etishga mas’ul yuridik shaxs
3.Mashg’ulotlarga qo’yiladigan maqsadlar?
1- Tarbiyaviy, didaktik, ijtimoiy-g‘oyaviy
2- Tarbiyaviy, didaktik, muloqot
3- Ijtimoiy-g‘oyaviy, aksiologik, didaktik
4- Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
4. “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” qachon qabul qilingan?
1- 1997 yil, 29 iyul 2- 1992 yil, 12 avgust
3- 1993 yil, 11 avgust 4- 1997 yil, 29 avgust
5. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari qaysi variantda berilgan?
1- Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchilar, ishlab chiqarish
2- Ta’lim xizmatlarining iste’molchilari, ishlab chiqarish
3- Shaxs, uzluksiz ta’lim, davlat va jamiyat, fan, ishlab chiqarish
4- Ta’lim jarayonining ishtirokchilari, ishlab chiqarish
6.Davlat ta’lim standartlari nima?
1- O‘quv yuklamlari hajmini aniqlashga xizmat qiladigan, shakl va metodlari to‘g‘risida mezonlar yig‘indisi
2- Ta’lim jarayonining samarali tashkil etish yo‘llari, shakl va metodlari to‘g‘risida ma’lumotlardan iborat yo‘riqnoma
3- Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan me’yoriy hujjat
4- O‘quv jadvalining tarkibiy elementlarini aks ettiruvchi manba, shakl va metodlari to‘g‘risida
Dostları ilə paylaş: |