1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli



Yüklə 291,41 Kb.
səhifə1/14
tarix10.12.2023
ölçüsü291,41 Kb.
#139535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin


1. O‘ZBEKISTONDAGI VA HORIJIY DAVLATLARDAGI METALLAR RESIKLINGINING ZAMONAVIY AHVOLI
1.1. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda metal chiqindilarini qayta ishlasining rivojlanishi
Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon xo‘jalik aloqalarining muayyan jo‘g‘rofiy va siyosiy tizimlari tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston o‘z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi - bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topiladi. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’danlar namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq konlar qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganligini ham aytib o‘tish kerak.
O‘zbekiston respublikasi hududidagi mineral xom ashyoga bo‘lgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun er qa’ridan oqilona, kompleks foydalanilishini, er qa’ri, atrof muhit muhofaza qilinishini, er qa’ridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini ta’minlash, shuningdek er qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish 1994 yilning 23 sentyabrida qabul qilingan «Er osti boyliklari to‘g‘risida» gi qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonunning yangi tahriri 2002 yilning 13 dekabrida O‘zbekiston respublikasi 444-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan. Mazkur Qonunga 2007 yilning 18 dekabrida O‘zbekiston respublikasi O‘RQ-133-son Qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog‘liq holda, qimmatbaho, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy konlarini o‘zlashtirish respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda. SHu bilan birgalikda xalq xo‘jaligining turli sohalarida, har qanday tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida qora va rangli metallarni ishlab chiqarilishi, iste’mol qilinishi natijasida qirindi, qirqim, skrap, kuyindi va boshqa ko‘rinishlarda metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‘ladi.
Metallar mashina, uskuna, moslama, asbob va boshqa shakllarida fizik va ma’naviy eskirish natijasida o‘z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-tersak, chiqindilarga (eski mashinalarga, eskirgan asbob-uskunalarga, yaroqsiz uy jihozlariga, predmetlarga) aylanadi. Metall parchalari va chiqindilari va temir-tersaklarini qayta eritish va qayta ishlab metall olish jarayonlari majmuasi metal chiqindilarini qayta ishlash deyiladi.

a) b)

Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin