1.1 (а,b)-rasm. Metall temir-tersak chiqindilari Tabiiy xom ashyoning kamayib borishi sababli, metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash tobora oshib bormoqda.
Hozirgi kunda metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash keng qamrovli ishlab chiqarish sohalaridan hisoblanib, jami ishlab chiqarilayotgan rangli metallarni 30 % qora metallarni 70-80 % tashkil qilmoqda. Quyidagi 1.1-jadvalda 1980 yildagi birlamchi va ikkilamchi metallar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Xom ashyoni ishlab chiqarish, boyitish va metallurgik qayta ishlash bilan metall temir-tersaklari va chiqindilaridan metall olish solishtirishganda bir qancha afzallik ko‘zga tashlanadi. Bu avfzalliklarni asosiylari quyidagilarni tashkil qiladi:
1.1-jadval. 2000-yildagi rudadan va metal parchalari va chiqindilarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (ming. tonna hisobida)
2. Qayta ishlash texnologiyasini yuqoriligi.
3. Energiyani sezilarni darajada kam sarf bo‘lishi.
4. Qayta tiklanmaydigan mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish kamayadi.
5. Atrof muhitga zarari kamayadi.
Metall parchalari va chiqindilari qayta ishlab chiqarishda materiallarga, elektr energiyaga, yoqilg‘iga ketgan sarf-xarajatlar birlamchi metall ishlab chiqarishga qaraganda ancha kam sarf bo‘ladi. Masalan, elektr energiyani sarfi birlamchi mis ishlab chiqarishda 6,2; ruh ishlab chiqarishda 3,6; alyuminiy ishlab chiqarishda 19,5; nikel ishlab chiqarishda 9,3; qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda 2,3 marta metall parchalari va chiqindilari qayta ishlab chiqarganga qaraganda ko‘p bo‘ladi.
Hozirgi kunda muddatini o‘tagan mashina, mexanizmlar, uskunalar, metall konstruksiyalar juda ko‘p yig‘ilib qolganki, bularni yo‘qotishni birdan-bir yo‘li metall parchalari va chiqindilari qayta ishlashdir. Metall ajratib olish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamayotganligi, transport xarajatlarining qimmatligi metall resinklingining rivojlanishiga turtki berdi.
Hozirgi konlardagi metall miqdorini kamayib ketganligi uchun ko‘pgina konlar yaroqsiz deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Bunday konlarga Uchkuloch, Qo‘rg‘oshinkon, Uchquduq va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki kelajakda metall resinklingini rivojlantirish, muddatini o‘tagan mashina-mexanizmlarni qaytadan metall holiga keltirish, buning uchun metall chiqitlari va temir-tersaklarini isrof qilmaslik kerak. Metall konstruksiyalar, mashina-mexanizmlarni ishlash muddati 25 yil, mana shu 25 yil ichida bu konstruksiya, mashina-mexanizmlarni 25 foizi ishdan chiqadi. Bu korroziya, chang, nam ta’sirida emirilishi natijasida yuz beradi. Bu chiqitlar va temir-tersaklar ochiq joyda qolib ketishi natijasida yaroqsiz holga kelishi mumkin.
O‘zbekiston metallurgiya sanoati o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda. Negaki, qudratli mineral-xomashyo bazasi va tog‘-kon sanoati korxonalarining mavjudligi tufayli mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida qora va rangli metall ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Rangli va qora metallarni ishlab chiqarishda va foydalanishda-ikkilamchi xom ashyolardan olingan metall va qotishmalarni ulushi sezilardi darajadadir. 1.2-jadvalda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ohirgi 50 yil ichida rudadan va metall parchalari va chiqindilaridan rangli metallarni ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik o‘sish dinamikasi keltirilgan.
Rangli metall parchalari va chiqindilaridan umumiy rangli metallar ishlab chiqarishdagi ulushi o‘rtacha 30 foizni tashkil qiladi.
Metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlab, metallar ishlab chiqarishda dunyo davlatlari ichida AQSH yuqori mavqega ega, u rivojlangan davlatlar ishlab chiqarayotgan mis va alyuminiyni yarmini ishlab chiqaradi.