1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli


-rasm. O‘zbekiston metall kombinati



Yüklə 291,41 Kb.
səhifə4/14
tarix10.12.2023
ölçüsü291,41 Kb.
#139535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin

1.2-rasm. O‘zbekiston metall kombinati
O‘tgan asrning 70-yillarida elektropo‘lat eritish sexi, idishlarni po‘lat bilan emallash sexi qurilib, ishga tushirildi, 80-yillarda navlarga qarab prokat qilish sexini qurilishi boshlandi, 90-yillarda quvur payvandlash sexi, 67 va 100 mm li maydalovchi sharlarni navlarga qarab prokat qilish stani bunyod qilindi.
Respublikada metallurgiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan kombinatda elektropo‘lat eritish sexini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga etkazilmoqda. Po‘lat quyishni yangi texnologiyasini tadbiq qilish uchun «pech-kovsh» uskunasi ishga tushirildi, mavjud pechlar o‘rniga yillik ishlab chiqarish unumdorligi 500 ming tonna bo‘lgan yangi avlod pechlarini ishga tushirishga kirishildi. 2001 yilning avgustida 120 mm li maydalovchi sharlarni ishlab chiqaruvchi - shar prokat qilish stanini ishga tushirilishi, respublikani bunday mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minladi.

1.3-rasm.Q‘zluksiz po‘lat quyish sexi
Qora metall temir-tersaklari va chiqindilari dastlab navlarga ajratilib, turli xil iflosliklardan tozalanadi. So‘ngra elektr po‘lat eritish pechlarida eritilib, №2 va №5 markali po‘lat olinadi. Bu po‘latlarda turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish ashyolari, armaturalar, burchaklar, shvellerlar, kon-metallurgiya sanoati uchun po‘lat sharlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqariladi.
Kombinat chiqarayotgan hamma mahsulotlar milliy sertifikatlash sistemasi tomanidan sertifikatlangan. 2001 yilda kombinat ISO 9002 xalqaro standartiga ega bo‘lishi, u chiqargan mahsulotlarni dunyo tomonidan tan olinishiga olib keldi. Kombinat chiqarayotgan metall prokat mahsulotlari yaqin va uzoq xorij davlatlariga etkazib berilmoqda. "O‘zmetkombinat" HICHB ishlab chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyulda PK-669-son qarori chiqdi. Bu qarorda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, yuqori sifatli, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘payishini ta’minlaydigan zamonaviy serunum uskunalar bilan jihozlash hisobiga "O‘zmetkombinat" hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini yanada barqaror va mutanosib tarzda rivojlantirish maqsadida quyidagilar "O‘zmetkombinat" hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini 2011 yilgacha bo‘lgan davrda modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturining eng muhim vazifalari deb hisobladi:
- ishlab chiqarish quvvatlarini maksimal ish bilan band etish hisobiga po‘lat va qora metallar prokati ishlab chiqarishni o‘stirishning barqaror, yuqori sur’atlariga erishish;
- respublika konchilik sanoati ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun maydalash sharlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish;
- ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori likvidli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
- kombinatning eksport salohiyatini o‘stirgan holda, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
- ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hisobiga yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishni, mahsulot tannarxini kamaytirish.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda «O‘zmetkombinat» HICHB ishlab chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda, yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirishga, ularni eksport qilish va import o‘rnini bosish hajmlarini oshirishga qaratilgan loyihalar kiritilishini ta’minlash, mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya, ilgari import bo‘yicha keltirilgan, yiliga 6 ming tonna po‘lat sim va yiliga 500 tonna payvandlash elektrodlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni belgilangan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan "O‘zmetkombinat" HICHBning birgalikdagi taqdimnomasi bo‘yicha "O‘zmetkombinat" HICHBni 2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga, metall mahsulotlarining eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalari qo‘shilishini nazarda tutgan holda aniqliklar va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zmetkombinat» HICHB ishlab chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiya, texnik va texnologik qayta jixozlash to‘g‘risidagi» qarori bilan tasdiqlangan modernizasiya, texnik va texnologik qayta jixozlash bo‘yicha investitsion loyixalar ro‘yxati:
1) 2-navli prokat sexida qattiq eritmali vallarda prokatlashning yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish. Bu prokat mahsulotining assortimentini kengaytirishga va elektr energiyasi va tabiiy gazning solishtirma sarfini kamaytirishga olib keldi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
2) yillik ishlab chiqarish quvvati 500 tonnani tashkil etadigan payvandlash elektrodlarning ishlab chiqarishini tashkil etish. Mazkur loyihani ishga tushirishi bilan mahsulotning yangi turi-payvandlash elektrodlari o‘zlashtirildi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
3) yillik ishlab chiqarish quvvati 6 ming tonnani tashkil etadigan po‘lat simlarni ishlab chiqarish sexida po‘lat simlarini ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi turdagi mahsulotni, ya’ni ko‘ndalang kesimi 2-8 mm bo‘lgan po‘lat simlarni ishlab chiqarilishi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
4) po‘lat eritish korxonaning shlak uyumlarini qayta ishlash yangi texnologiyasi o‘zlashtirildi. Bu esa yiliga 8000 tonna miqorida qo‘shimcha metallolomni chiqarishga, xududlarda ekologik holatni yaxshilashga va sement sanoati korxonalari uchun shlaklarni sotishga olib keladi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
5) 4-sonli DSP-100 UMK elektrda po‘lat eritish pechining pech transformatorini almashtirilishi bilan modernizasiyalash. Bu pech unumdorligini yilliga 100 ming tonnaga oshirishga va quvvatini yilliga 650 ming tonnagacha etkazilishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
6) DSP-100 UMK elektrda po‘lat eritish pechining gaz tozalash o‘rnatmasini qayta ta’mirlanishi. Bu po‘latni eritishda tashlanishlarni tozalashining samaradorligini oshirishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
7) 2-navli prokat sexining (uslubli) metodik pechini qayta ta’mirlash. Bu esa tabiiy gazni iqtisodini va mahsulotning tannarxini tushirishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar 2009 yilda tugatildi.
8) po‘lat zoldirlarini ishlab chiqarish hajmini yilliga 160 tonnagacha etqazish bilan po‘lat zoldirlar stanini modernizasiyalash. Bu tog‘-metallurgiya korxonalarning va sement sanoati korxonalarining po‘lat zoldirlarga bo‘lgan extiyojini ta’minlaydi. Zoldir prokat stanini qayta ta’mirlash bo‘yicha ishlari 2008 yilda tugatildi.
9) eskirgan asbob uskunalarni almashtirish. Bu kombinat sexlarining asbob uskunalarini yangilanishiga olib keladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan.
Barcha 2007-2011 yillar davriga mo‘ljallangan “O‘zmetkombinat” HICHBda ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi bo‘yicha investitsion loyihalar kombinatning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga bir necha korxonani oladi: elektrda po‘lat eritish, prokat, hamda ikkilamgi qora metall tayyorlash va qayta ishlash uchastkasi. Po‘lat eritish prokat ishlab chiqarish texnolgiyasining tavsifi quyidagicha:
Birlamchi materiallar:
1) po‘latni eritish uchun asosiy material GOST 2787-75 bo‘yicha po‘lat chiqindilari. Po‘latni eritishda shuningdek, po‘lat eritish va prokat sexlarinig chiqindilaridan foydalanadi.
2) ferroqotishmalar:
- GOST 1415-93 bo‘yicha Fs 45, Fs 65, FS 75 ferrositsiliy;
- GOST 4756-91 bo‘yicha ferrosilikomarganes;
- GOST 295-98 bo‘yicha ikkilamchi aluminiy.
3) shlak hosil qiluvi materiallar:
- GOST 14-16-165-85 bo‘icha metallurgik ohak (2-shaxtalik pechlarda ohak kuydirish usuli bilan ishlab chiqiladi);
- GOST 29219-91 bo‘yicha plavikoviy shpat;
- prokatdan ishlab chiqarilgan temirli to‘pon.
4) tarkibida uglerod bo‘lgan materiallar:
- TU -0763-199-00190437-04 bo‘yicha metalli koks.
5) energiya tashuvchilar:
- elektr energiya;
- kovshda po‘latni puflash uchun GOST 5583-78 bo‘yicha gazsimon texnik kislorod, GOST 9293-74 bo‘yicha azot, GOST 10157-79 bo‘yicha argon (kislorod, azot, argon kombinatning kislorod-kompressor sexida ishlab chiqariladi);
- tabiiy gaz, mazut.
6) to‘ldiruvchi materiallar:
- GOST 2486-81 bo‘yicha PPE-886 PPM-85 periklaz markali qo‘qim;
- GOST 1484-82 bo‘yicha metallurgik dolomite.
7) yaponiya, Germaniya, Rossiya, Ukrainada ishlab chiqarilgan diametri 610 mm va 350 mm bo‘lgan grafitli elektrodlar.

Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin