1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli


«Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» ochiq hissadorlik jamiyati



Yüklə 291,41 Kb.
səhifə8/14
tarix10.12.2023
ölçüsü291,41 Kb.
#139535
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin

«Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» ochiq hissadorlik jamiyati
«Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi» ochiq hissadorlik jamiyati Toshkent shahrining Sergeli rayonida joylashgan bo‘lib, 1948 yil tashkil topgan. Asosan alyuminiy temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlab, alyuminiy quymalari olinadi. Dastlab kombinirlangan yoqilg‘i (ko‘mir-neft) da ishlovchi bir kamerali yallig‘-qaytaruvchi pechga xom ashyo qo‘lda yuklanar edi. 1965 yilda VNIPIvtorsvetmet instituti tomonidan sex qisman rekonstruksiya qilindi: bunda yuklovchi mashina o‘rnatildi, pech tabiiy gazda ishlashga o‘tkazildi. O‘sha yilning o‘zida, sobiq Soyuzvtorsvetmet tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilariga birlamchi ishlov beradigan, yillik ishlab chiqarish unumdorligi 15 ming tonna bo‘lgan sex loyihalashtirildi va 1967 yil 12 aprelda sobiq Soyuzvtorsvetmet tomonidan tasdiqlandi. 1968 yilda zavod qurilishi boshlandi. Shu yilning o‘zida vazirlik tomonidan yillik ishlab chiqarish unumdorligi 30 ming tonna bo‘lgan ikkilamchi alyuminiy qotishmalarini qayta ishlaydigan sex loyihalashtirildi. Loyiha sobiq Minsvetmet tomonidan ko‘rib chiqildi va 1970 yilning 31 martida tasdiqlandi.
1.7-rasm. Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi


  1. (b)


(v) (g)
1.8.(a,b,v,g)-rasm. Rangli metall parchalari va chiqindilari va ish jarayoni
Zavod 1980 yilgacha 5 marotoba quvvati oshirilib, navbatma-navbat tayanch komplekslar ishga tushirildi:
1-quvvati – yiliga 10 ming tonna alyuminiy qotishmasi olindi. 1 dona yallig‘-qaytaruvchi pech qurildi (1973 yil);
2-quvvati - yiliga 20 ming tonna alyuminiy qotishmasi olindi. Asosiy va qo‘shimcha uskunali ikkinchi yallig‘-qaytaruvchi pech qurildi (1974 yil 30 iyun);
3-quvvati - ishlab chiqarish unumdorligi yiliga 30 ming tonna alyuminiy qotishmasiga etkazildi. Uchinchi yallig‘-qaytaruvchi pech qurildi (1974 yil 30 dekabr);
4-quvvati - ishlab chiqarish unumdorligi yiliga 40 ming tonna alyuminiy qotishmasiga etkazildi. IAT-6M2 induksion pechi ishga tushirildi (1979 yil 30 iyun);
5-quvvati - ishlab chiqarish unumdorligi yiliga 45 ming tonna alyuminiy qotishmasiga etkazildi. Ikkinchi va uchinchi yallig‘-qaytaruvchi pechlar quvvati oshirildi (1979 yil 29 dekabr va 1980 yil 30 iyun).
Keyingi yillarda ham korxonalarni rekonstruksiya qilish, quvvatini oshirish bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshirildi va 1985 yilda Toshkent alyuminiy zavodini quvvati 52 ming tonna etkazildi. Lekin bugungi kunda xom ashyo tansiqligi yaqqol sezilmoqda.
Bugungi kunda korxonada quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarmoqda:


(a) (b)

Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin