1. Pedagogika fan sifatida: Pedagogika fanining pretmeti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/7
tarix02.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137101
  1   2   3   4   5   6   7
PEDAGOGIKA FANI, UNING METODOLOGIYASI, ILMIY TADQIQOT OB’EKTI VAMETODLARI.

1-MAVZU: PEDAGOGIKA FANI, UNING METODOLOGIYASI, ILMIY TADQIQOT OB’EKTI VAMETODLARI.

Reja:

1. Pedagogika fan sifatida:

2. Pedagogika fanining pretmeti:

3. Pedagogikaning metodologiyasi:

4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot ob’ekti:

5. Pedagogikaning metodlari.

1. Pedagogika fan sifatida:

  • Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular “pedagog” deb nomlanganlar. “Pedagogika” atamasi “Peyne”-“bola” va “aygogeyn”-“etaklamoq” degan ma’noni bildiruvchi lotincha “daydagogos” so’zlaridan paydo bo’lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi II asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni “pedagog” deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo’lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o’qituvchilarni “didaskallar” (didayko-men o’qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni “pedagog” deb nomlaganlar va bu so’z hozir ham ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchilarga nisbatan qo’llaniladi.

Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda ustozlar tomonidan shogirtlarini yig’ib talim va tarbiya bilan shug’ullanadigan joylar akademiva deb nomlangan. “Akademiya” so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Sharqda esa akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari “Donishmandlar uyi” (IX asr, Bag'dod), “Ma'mun akademiyasi” (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin