1. Pedagogika fan sifatida: Pedagogika fanining pretmeti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/7
tarix02.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137101
1   2   3   4   5   6   7
PEDAGOGIKA FANI, UNING METODOLOGIYASI, ILMIY TADQIQOT OB’EKTI VAMETODLARI.

=

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o`rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya kabi yo`nalishlarda tashkil etiladi.

3. Pedagogikaning metodologiyasi:

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim-qadim zamonlardan bog‘liqligidir. Shuni ta'kidlamoq kerakki pedagogika fanining metodologik asosi diniy va dunyoviy fanlar tarkibida rivojlangan. Hattoki muqaddas kitobimiz Qur'oni karimda “Ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanishi bejiz emas.

Pedagogika fanining metodologiyasini yaratishda qomusiy mutafakkir va pedagoglarning o‘rni diqqatga sazovardir. Al-xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, chex olimi Yan Amos Kamenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsi, nemis pedagogi Adol'f Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratib, komil inson tarbiyalashdagi qonuniyatlarni asosladilar.

O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin birinchi marotaba 1992 yil iyul oyida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Va 1997 yilning 29 avgustida bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan holda qaytadan tasdiqlandi, Qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan ya’niy

Birinchi bоsqch (1997-2001 yillаr) mаvjud kаdrlаr tаyyorlаsh tizimining ijоbiy sаlоhiyatini sаqlаb qоlish аsоsidа ushbu tizimni islоh qilish vа rivоjlаntirish uchun huquqiy, kаdrlаr jihаtidаn, ilmiy-uslubiy, mоliyaviy shаrt-shаrоitlаrni yarаtish. Ikkinchi bоsqch (2001-2005 yillаr) - Mеhnаt bоzоrining rivоjlаnishi vа rеаl ijtimоiy-iqtisоdiy shаrоitlаrni hisоbgа оlgаn hоldа ungа аniqliklаr kiritish. Bu bоsqchdа, shuningdеk, tа’lim muаssаsаlаrini mахsus tаyyorlаngаn mаlаkаli pеdаgоg kаdrlаr bilаn to`ldirish tа’minlаnаdi, ulаrning fаоliyatidа rаqоbаtgа аsоslаngаn muhit vujudgа kеltirish hamda tа’lim muаssаsаlаrining mоddiy-tехnikа vа ахbоrоt bаzаsini mustаhkаmlаsh dаvоm ettirilаdi, o`quv-tаrbiya jаrаyonining yuqоri sifаtli o`quv аdаbiyotlаri vа ilg`оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr bilаn tа’minlаsh, uzluksiz tа’lim tizimini ахbоrоtlаshtirish vаzifаlаrining hаm hаl etilishi аlоhidа urg`u bеrilаdi. Uchinchi bоsqch (2005 vа undаn kеyingi yillаr) to`plаngаn tаjribаni tаhlil etish vа umumlаshtirish аsоsidа, mаmlаkаtni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаntirish istiqbоllаrigа muvоfiq kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini tаkоmillаshtirish vа yanаdа rivоjlаntirish.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin