1. Pedagogika fan sifatida: Pedagogika fanining pretmeti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137101
1   2   3   4   5   6   7
PEDAGOGIKA FANI, UNING METODOLOGIYASI, ILMIY TADQIQOT OB’EKTI VAMETODLARI.

Adabiyotlarni o‘rganish yurtboshisi prezident asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maholalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi. Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisha va uzoq muddatli kuzatish. qisha kuzatish ob'ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma'lum ma'sul Shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv'yu olish ham mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarini ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriyaeksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va boshqalar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayoning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek eksperiment natijalarini qar tomonlama hisobga olishni talab etadi. Labaratoriya Pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotining ancha qat'iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni aniq tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun'iy sharoit yaratiladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab qujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab qujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin