1. Perspektiva qurish apparati. To’g’ri chiziq, tekis shaklning perspektivasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/5
tarix29.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#124489
1   2   3   4   5
1. Perspektiva qurish apparati. To’g’ri chiziq, tekis shaklning

Silindrning perspektivasi. H ga perpendikular, ya’ni vertikal silindrning perspektivasini yasashdan oldin, uning H dagi asosi aylananing perspektiv tasviri bajariladi. So’ngra silindr ustki asosining perspektivasi ostki asosi kabi berilgan balandlikda yasaladi. Silindrning ostki va ustki asoslarining perspektiv tasvirlariga urinma chiziqlar o’tkaziladi. Shundan keyin silindrning perspektivasi bajarilgan bo’ladi (5.12–shakl).
Silindr asoslarining perspektivalarini O va O’ nuqtalarda eni aylana diametriga teng kvadratlarning perspektivalarini yasashdan boshlanadi. Kvadratning perspektivalari ichiga aylanalarning perspektivalari chizib chiqiladi. Bu yerda silindrga tashqi tomonidan chizilgan asosi kvadrat prizma deb qaralib, uning, ya’ni asosi kvadrat prizmaning perspektivasini yasab olish orqali silindrning perspektivasini bajarish tavsiya etiladi.

5.12–shakl 5.13–shakl
Gorizontal silindrning simmetriya (geometrik) o’qining uchrashish nuqtasi D2 da kesishadigan bo’lsa, oldin O va O’ markazlarida yoqlari aylana diametriga teng bo’lgan kvadratlarning perspektivalari yasab olinadi. Bu yerda silindr asoslari kvadratli prizmaga alamashtirib olinadi. Keyin kvadratlarning ichiga aylanalarning perspektivalari chizib chiqiladi va ularga urinma chiziqlari o’tkaziladi (5.13–shakl).

5.14–shakl
Konusning perspektivasi. Konusning simmetriya (geometrik) o’qi Hga perpendikular bo’lsa, vertikalkonus, asosi aylanadan iborat bo’lsa, aylanish konusi ham deyiladi. Bunday konusning perespektivasini yasash uchun oldin uning asosi (aylana)ning H dagi tasviriga urinmalar o’tkaziladi (5.13–shakl).
Kesik konusning perspektivasini yasash 5.14–shaklda ko’rsatilgan.
Turli ko’rinishdagi arka (peshtoq)larning perspektivalarini yasashda ufq chizig’idagi uchrashish nuqtalari F1va F2lar qatori F3 dan elementlarini yasashda foydalaniladi (5.15–shakl).

5.15–shakl



1E. G. Pane, R. O. Loving,I. L. Hill, R. S Pare. Descriptive geometry. Prentice Hall. Nyu-Jersi,1997, 322- bet.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin