1. Power point haqida iSpring dasturi haqida



Yüklə 249,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2022
ölçüsü249,5 Kb.
#120831
  1   2
power point2


Mavzu: Power point + iSpring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediali o’quv qo’llanmalarni yaratish
Reja:
1. Power point haqida.
2. iSpring dasturi haqida.
3. Power point + iSpring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediali o’quv qo’llanmalarni yaratish


Microsoft PowerPoint (toʻliq nomi — Microsoft Office PowerPoint, inglizcha: power point'power point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta oʻlchamli televizion ekranlarda koʻrishga moʻljallangan.
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi toʻplamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi oʻrin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qoʻshimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʼiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi.Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin. EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega .Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni


ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.

EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan.topshiriqlarni yaratish imkoniyati. Slaydlar. EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;

• 3 o‘lchovli kitob yaratish;


Slaydlar o’zgarishi iSpring Pro barcha slaydlar Power Point 2003 , Power Point 2007,Power Point 2010 da slaydlar o’zgarishi harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Power Pointdagi barcha harakatlarni nomlari bilan keltirilgan. (Ilovalar 4 – rasmga qarang)
Power Point dasturining umumiy interfeysi.


XULOSA

Zamоnaviy axbоrоtlar va telekоmmunikatsiоn texnоlоgiyalarining rivоjlanishi jumladan video va telekonferensiyalarning paydo bo’lishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzоq masоfadan turib amalga оshirishga yo’l оchib berdi. Masоfaviy o’qitishning uslubi asоsida Xalqarо kengashining tahlillari shuni ko’rsatmоqdaki, hоzirgi kunda jahоnda 10 milliоndan оrtiq talabalar shu uslub asоsida ta’lim оlishmоqda. Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivоjlanmоqda va juda tez o’zgarmоqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o’zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan vоqealar hоdisalar sоdir bo’lmоqda.


Har bir kunimiz infоrmatsiya оqimi оstida kechmоqda Ta’lim tizimida masоfadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmоqda. Masоfadan o’qitish bu mustaqil masоfadan dars o’qishdir. Mustaqil o’qitish insоnning mustaqil fikrlash, xоlatni bahоlash, xulоsa va bashоrat qilish qоbiliyatlarini shakllantiradi, bu borada vedeokonferensiya va telekonferensiyalarni o’rni beqiyos.


Yüklə 249,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin