17.Tafakkur yuksak bilish jarayoni sifatida
T.I. tarifi, turlari, ijtimoiy mohiyati, individual farqlar
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifii berish mumkin:
Tafakkur atrofmuhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiysababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o’tilgan, ya’ni so’z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiysababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo’lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqiab turibdi.
Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo bo’ladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Bizning dunyoni, uning sir – asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va xodisalarning biz uchun shaxsiy alokasi, axamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga alokador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur – inson ongining bilish ob’yektlari xisoblanmish narsa va xodisalar urtasida murakkab, xar tomonlama alokalarning u bilishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |