1. psixikaning nerv-fiziologik asoslari


O’jarlik – birovning iltimos, maslahat, talab va ko’rsatmalariga nisbatan asossiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter xislatlari



Yüklə 137,26 Kb.
səhifə32/32
tarix01.01.2022
ölçüsü137,26 Kb.
#107217
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Psixologiya 1

. O’jarlik – birovning iltimos, maslahat, talab va ko’rsatmalariga nisbatan asossiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter xislatlari.

4. Negativizm (lotincha neqo – inkor qilaman) – atrofdagi kishilarning har qanday ta’siriga nisbatan (iltimos, talab va hakozo) o’ylamay – netmay, dalilsiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter hislati. Negativizm salbiy va aktiv bo’ladi. Shaxsning o’zgalar ta’siriga berilmay, o’z fikrida qolishni passiv negativ, o’zgalarning aytganlarining aksini aktiv negativdir. Negativizm ba’zi psixik kasalliklarning belgisi bo’lishi ham mumkin. Bunda psixik bemor o’zini tekshirtirmaydi savollarga ob’yektiv javob bermaydi.

5. Xarakter aksentuatsiyasi (yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi.



6. Xarakter strukturasi – odam xarakterining strukturasi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas. xarakterning ayrim xususiyatlari bir – biriga bog’liq, bir – biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. mana shunday yaxlit organizmi xarakter sistemasi deb ataladi.

Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o’ziga ishonish, o’zidan mag’rurlanish, o’zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o’ch olishlik, kekkayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko’pchilik tomonidan qabul qilgan xatti –harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo’shilishida nomayon bo’ladi. boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo’shilgan holda namoyon bo’ladi. bunday odamlar o’zlariga ishonmaydilar, kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotligi, sabrligi, xar narsa yuzasidan o’zining ayiblashga mayilligi, yumshoqligi, dilkashligi, to’g’riligi bilan ajralib turadilar. ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti – harakat qoidalarini bajonu dildan bajaradilar. kekkayishi, pismiqlik, jamoatchilik ma’qullagan narsalarni va ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti - harakat qoidalarini sezmaslik kabi xususiyatlarning hammasi odamlarni nazar pisand qilmaslikni ifodalash orqali birlashganligini qo’shish qiyin emas. xuddi shuningdek, bularga qarama - qarshi xususiyatlar gruppasi – dilkashlik, samimiylik, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti - harakat qoidalariga bo’ysunish, odamlarga nisbatan qarama - qarshi munosabatni ifodalaydi. bu yerda o’z - o’zidan ravshanki, voqelikning ma’lum tomonlarga shaxsning aynan bir xil munosabatda bo’lishlari bilan bog’liq bo’lgan xarakterning bunday xususiyatlari bir – biriga o’zaro bog’liqdir.

Xarakter strukturasini xar tomonlama o’rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo’lga qo’yilganligini o’rganish asosida to’liq o’rganish mumkin.

Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo’nalishini, ya’ni moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi. Shaxsning yo’nalishi uning maqsadini, hayotdagi aktivlik darajasini belgilaydi. Xarakterning mazmuni bir individual o’ziga xos munosabatlar shaklida namoyon bo’ladi. Shaxsning xarakter mazmunida uning yashash tarzi, tarbiyaviy ta’sirlari va tashqi muhitning talabiga ko’ra, gox ehtiyojlari, gox boshqa ehtiyojlar ustunlik qiladi. Masalan: ba’zi odamlarda moddiy extiyojlar, boshqalardan estetik ehtiyojlar, ilmiy qiziqishlar ustunlik qiladi.

Odam xarakterning strukturasi turli xususiyatlar va psixik protseslarning sintezidan iborat. Bular:

  1. Ishonch.

  2. Ehtiyoj va qiziqishlar

  3. Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza.


  4. Iroda

  5. Hissiyot

  6. Temperament


Xarakter strukturasida ishonchlar sistemasi yetakchi komponentlardan biridir. Biror bir narsaga ishonishining komilligi shaxsning prinsipialligini, kelayotgan ishga butun ko’chini safarbar qilishini ta’minlaydi. Ishonch maqsadga intiluvchanlik, prinsipiallik, optimizm, boshqalarga va o’z - o’ziga talabchanlik kabi xarakter belgilarini shakllantiradi. Xarakterning o’zagini shaxsning ma’naviy – irodaviy sifatlari tashkil etadi. Kuchli odam o’zining maqsadining aniqligi va mustaqilligi bilan ajralib turadi. Irodali shaxs maqsadiga erishish yo’lida qat’iy va tirishqoq bo’ladi. Irodasi kuchsiz odamni xarakteri bo’sh odam deb qaraladi. Bunday odamlar bilimining va layoqatining yetarligiga qaramay o’z imqoniyatlarini to’la ishga sola olmaydilar.

Hissiyot xarakter strukturasida uning sifatida ko’rsatkichdir. Hayot tarzi va ijtimoiy muhit ta’siri ostida xarakter xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan ma’naviy – siyosiy, estetik, intelektual hissiyotlar va aksincha hissiyotlarning kam rivojlangan spektrini asosida o’zini tuta olmaslik, qo’pollik, affektivlikni namoyon qiladi. Hissiyotlarning namoyon bo’lish xarakteri odamning o’z - o’zini irodaviy boshqarish darajasiga bog’liqdir.

Shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to’rta sistemasi farqlanadi.


  1. Qollektivga va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik)


  2. Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, mehnatga ma’sulyat yoki ma’sulyatsizlik bilan munosabatda bo’lish va shu kabilar).


  3. Narsalarga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik va h.k.).


  4. Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslik, mag’rurlik, dimog’dorlik, kamtarinlik va h.k.).


Shaxs turli munosabatlarining o’zaro bog’liqligi shaxs xarakteri strukturasining ayrim xususiyatlariga bog’liqdir. Ana shu o’zaro bog’liqlik tufayli shaxsning qandaydir bir yolg’iz munosabatiga bog’liq bo’lgan xarakter xususiyati topilmaydi.

Shaxs munosabatlari o’zaro aloqasi tufayli aynan bir xil munosabatga masalan: odamlarga yoki mehnatga bo’lgan munosabatiga bog’liq bo’lgan xarakter xususiyatlarigagina o’zaro bog’liq bo’lmay, balki, ko’p yoki oz darajada turli munosabatlarga bog’liq bo’lgan xarakterning xususiyatlari o’zaro bog’liqdirlar.

Shaxs munosabatlarining o’zaro aloqasida markaziy, asosiy va ularga tobe bo’lgan munosabatlar bordir.

Xarakter strukturasi qonuniyatlaridan muhim pedagogik xulosalar chiqarish mumkin. Xarakterning ayrim kamchiliklarini, masalan: qo’pollikni, yolg’onchilikni bartaraf qilish hamda xarakterning ayrim ijobiy xususiyatlarini tarbiyalash faqat o’zaro bog’langan xususiyatlarning butun bir sistemasini tarbiyalash mumkin. Bunda bunday xususiyatlar sistemasini tarbiyalashning mhim shartlaridan biri shaxsning markaziy, asosiy munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.

Xarakter xususiyatlari jumlasiga quydagilar kiradi:


  1. Chuqurlik darajasi.


  2. Xarakter ko’chi.


  3. Barqarorlik-o’zgaruvchanlik darajasi.


  4. Plastikligi.


Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterning bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb aytamiz. Shuning uchun ular boshqa xususiyatlarning juda keng sistemasi bilan bog’langan bo’ladi.

Xarakter kuchli xarakter xususiyatlarning kishini biror narsaga undash ko’chi bilan, tashqi sharoitlarga qarshilik ko’rsatish darajasi bilan belgilanadi.

Xarakterning barqarorligi va o’zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridandir. Odam xarakter xususiyatlari juda xilma – xil hayot sharoitlarida ham, qarshilik qiluvchi sharoitlar bo’lishiga qaramay, uning xatti – harakatlarini boshqaradi. Odam tashqi vaziyatga bog’liq bo’libgina qolmay, balki tashqi vaziyatni uning o’zi yaratadi.

Xarakterning plastikligi xarakterning barqarorligi singari muhitga aktiv ta’sir qilish shartlaridandir. Tashqi sharoitning ta’siri ostida xarakter xususiyatlari o’zgaradi. Xarakter plastiklik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun istalgan odamning xarakterini tarbiyalash mumkin.

Xarkter strukturasida shaxsning individual – psixologik xususiyatlarning hamda psixik protsesslarning namoyon bo’lish aktivligiga qarab quyidagi ijobiy xarakter xususiyatlarini ko’rsatish mumkin.


  1. Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi.


  2. Xarakterning muvozanatlashganligi


  3. Xarakterning aniqligi


  4. Xarakterning ko’chi


  5. Xarakterning qa’tiyligi


  6. Xarakterning yaxlitligi


Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi odamning hulq atvorning yo’nalishini xarakterlaydi.( Insonparvarlik, xushfe’l va h.k)

Xarakterning muvozanatlashganligi shaxsning odamlar bilan bo’ladigan muloqotda va faoliyatda o’zini olishda ifodalanadi.

Xarakterning ko’chi oldinga qo’yilgan maqsad yo’lida butun ko’chini safarbar qilishda ifodalanadi.



Xarakterning aniqligi shaxsning xulq - atvorini uning ishonchiga, ma’naviy – siyosiy tasavvuriga, yo’nalishiga mos tushishda ifodalanadi. Xarakterning qat’iyligi shaxs xatti harakatlarning o’ylanganligi, o’z qarashlarining va qabul qilgan qaroriga amal qilishda ifodalanadi. Xarakterning yaxlitligi so’z va ish birligida ifodalanadi.
Yüklə 137,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin