1.Sezgi a’zolarining nuksonini koplashga stixiyali tarzda olib keladigan sensibilizatsiya kurlik, karlik va xokozo nuksonlar
2.Faoliyat mazmuni xamda odam kasbining maxsus talablari bilan yuzaga keltirilgan sensibilizatsiya.
Syezgilarning turli ko’rinishlari faqat o’zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o’zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko’rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farkdanadi. Sezgilarning sifat jihatidan kup turliligi materiya harakati shakllarining turlitumanliligining aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqsoriy tavsifidan iborat bo’lib, ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiylygi ularning vaqtinchalik tasniflanishidan iboratdir.
Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |