Iroda haqida umumiy tushuncha
T.I. irodaviy harakatlar, ijobiy va salbiy irodaviy sifatlar
Odamdagi barcha psixik jarayonlar uning harakatlari orqali namoyon bo’ladi. U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’liq harakatlar odamdan gayrat va shijoat talab etadi. Inson gayrat, faol harakatlari tufayli uz vujudi extiyojlarini qondiradi, uz kudrati imqoniyati bilan yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni bunyod ztib, o’zini muxtojlik yukchillik balosidan xalos qiladi. Shunday ekan, insonning sixat, saodati, kanoati, sabri, fazilati, xar-xil butun hayoti harakatlar darajasiga bog’liqdir. Faol harakatli shaxslar uz maqsadlariga tez yetadilar, ularning barcha orzulari albatta ushalaveradi.
Faollikning teskarisi yalkovlik dangasalik bo’lib, irodaning bu salbiy sifatlari inson baxti va saodatining ofati xisoblanadi. Sustlik yalkovlik ishyokmaslik odam hayotini xor-zor etadi, uni yashash lauzatidan maxrum qiladi. Inson hayoti davomida ko’chi yetganicha ishlamogi kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy lauzatlaridan baxraman bulsin, deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va matonat bilan qilingan mexnat odam hayotiga zavk va shavk bagishlaydi. Shunday kiyaib, iroda shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruxiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda ob’yektiv yukchilikni, jamiyatdagi, boshqa shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning aloxida tomonidir. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi ob’yektiv sabablar, hayot tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.
Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir qancha tusiklarga va qarama-qarshiliklarga duch keladi. Ana shu tusiklarni yengish uchun ko’rash shaxsda irodaviy zur berish tugdiradi. Qiyinchiliklarga qarshi ko’rashishda paydo bo’ladigan irodaviy zur berish odamga katta kuch baxsh etadi. Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida xama vat xam yuzaga chikmaydigan kuch-kuvvatni safarbar etadi. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarada turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo’linadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy xarakaglarga xos salbriy sifatlar.
Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat, mustaqillik kabilardan iboratdir.
O’z-o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga chiqarishda uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda ko’rinada. Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin zanglamas" (Shuxrat) romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir axvolda yotishiga, dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab soldatlarimizning sog-omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" - dedi Sodik gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari bilan ikki chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik, kaxramonlik kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga egadir. Dadillik shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar borligini bila turib unga tomon boraveradi.
Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson avval harakat kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak.
Jasur shaxslarda burch xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba ostida qolganlarida yoki muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga mazza bagishlaydi.
Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm beradi, uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda ko’rashni bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, zarur deb bilgan ishni qila oluvchi odamdir.
Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdgi narsa va hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu narsa va hodisalarni o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlar. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impulsiv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, chuchko’rish, ko’z qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi.
Ixtiyorsiz harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin belgilangan maqsad asosida, to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir.
Dostları ilə paylaş: |