22.24. Traktor 1 soatda 240 m
3
shag’alni 6 m balandlikka ko’tardi. Dvigatel quvvatini aniqlang. Shag’alning
zichligi 1700 kg/m
3
.
Uchinchi daraja
22.25. Og’irlik kuchi maydonida 4.5 m
3
suvni 5 minutda 5 m balandlikka ko’taradigan nasosning o’rtacha
quvvatini toping.
22.26. Chuqurligi 150 m bo’lgan shaxta tubidan 200 m
3
suvni chiqarib tashlash uchun quvvati 50 kW
bo’lgan nasos qancha vaqt ishlash kerak?
22.27. Massasi 2 t bo’lgan qor transporti joyidan o’zgarmas 0.5 m/s
2
tezlanish bilan qo’zg’aladi.
Ishqalanish koeffisenti 0.1 . Aerochanani 15 m/s tezlikka erishgan yo’ldagi o’rtacha quvvatini toping.
22.28. Diametri 30 sm bo’lgan silliqlash diski gorizontal tekislikda 2 Hz chastota bilan aylanadi. Uning
slindrsimon sirtiga 100 N kuch bilan metall brusok bosiladi. Brusok va disk orasidagi ishqalanish
koeffisenti 0.2. Diskni aylantirayorgan dvigatel qanday quvvatga erishadi?
22.29. Ko’ndalang kesini 2 m
2
bo’lgan 9 m/s tezlikdagi havo oqimini quvvatini toping. Havoning zichligi
1.3 kg/m
3
.
23.
Foydali ish koeffisenti (FIK).
Birinchi daraja
23.1. Qiya tekislik yordamida yuk qandaydir balandlikka ko’tarildi. Foydali ish 500 J bo’ldi. Sarflangan
to’la ish 625 J bo’lsa, qiya tekislikning foydali ish koeffisentini toping.
23.2. FIK 90 % bo’lgan bloklar sistemasi yordamida ykkni ko’tarish uchun 12 kJ ish bajarildi. Foydali
ishni hisoblang.
23.3. O’g’irligi 1 kN bo’lgan yukni richag yordamida 8 sm ga ko’tarildi. Richagning FIK 80% bo’lsa,
bajarilgan ishni toping.
23.4. O’g’irligi 250 N bo’lgan yukni chig’iriq yordamida 10 m balandlikka ko’tarish uchun qancha ish
bajarish kerak? FIK 80%.
82