21.34. Massasi 20 kg bo’lgan jism qiya tekislik bo’ylab 6 m balandlikka ko’tarildi. Jism qiya tekislik
bo’ylab 10 m yol yurdi. Atortish kuchi tekislikka parallel yo’nalgan bo’lsa, ishqalanish kuchining bajargan
ishini modulini toping. Ishqalanish koeffisenti 0.2 .
21.35. Massasi 2 kg bo’lgan jism arqon yordamida gorizontal tekislikda tekis tortib ketilmoqda. Arqon
gorizont bilan 45
0
burchak hosil qiladi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffisenti 0.2. Arqonning
taranglik kuchini 2.4 m yo’lda bajargan ishini toping .
21.36. 20 N kuch massasi 2 kg bo’lgan jismni qiya tekislik bo’ylab, 5 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarishda
qancha ish bajaradi? Kuch tekislikka parallel yo’nalgan. Ishqalanish yo’q.
To’rtinchi daraja.
21.37. Uzunligi 10 sm bo’lgan mixni xodadan sug’urib olish uchun 2 kN boshlang’ich kuch qo’yish kerak.
Mixni sug’irib olishda qanday mexanik ish bajariladi?
21.38. Massasi 2 kg va tagligining uzunligi 1 m bo’lgan chana muzdan sirpanib kelib, asfaltga o’tmoqda.
Asfalt va tagliklar orasidagi ishqalanish koeffisenti 0.5. Chananing to’liq asfaltga o’tib olishida ishqalanish
kuchining bajargan ishini toping.
21.39. Churuqrili 10 m bo’lgan quduqdan massasi 8 kg bo’lgan suvli chelakni ko’tarib olishda qanday
minimal ish bajarish kerak? Arqonning chiziqli zichligi 0.4 kg/m.
21.40. Yuzasi 2 m
2
va choqurligi 10 m bo’lgan quduq qazish uchun qancha ish bajarish kerak? Tuproqning
zichligi 2000 kg/m
3
(MJ).
21.41. Yusasi 1 m
2
, qalinligi 0.4 m bo’lgan muz suvda suzmoqda. Muzni suvga to’liq botirish uchun
kamida qancha ish bajarish kerak? ( Ko’tarib olish uchunchi?)
22.
Quvvat
Birinchi daraja