103. Kontrakt so’zining ikkinchi bo’g’ini necha unli va necha undoshdan iborat?
A) 1 unli va 2 undosh B) 1 unli va 3 undosh
C) 1 unli va 4 undosh D) 1 unli va 5 undsoh
104. Qaysi so’zda qator kelgan undoshning keyingisi ta’sirida oldingisi ham unga o’xshab talaffuz qilinadi?
A) o’qibdi B) ketdi
C) yurakka D) iyigitcha
105. Tovushlarni talaffuz qilganimizda un paychalari tarang tortilgan bo’lmasa, qanday tovushlar hosil bo’ladi?
A) unli tovushlar B) jarangsiz undoshlar
C) jarangli undoshlar D) undosh tovushlar
106. ng tovushi so’z takibida ikki unli tovush o’rtasida kelgan bo’lsa, ular qay tarzda bo’g’inlarga ajratiladi?
A) ng birinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi
B) ng ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi
C) n birichi g ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi
D) ng bo’linmay, birichi yoki ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi
107. Berilgan so’zlarning qaysi birida qo’shimchalar qo’shilishi natijasida fonetik o’zgarish yuz bergan?
1.susaymoq 2.qiynamoq 3.bo’yoqdor 4.o’tqizmoq 5.chanqamoq 6.qaynoqroq
A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,6 D) 1,3,6
108. Qaysi so’z talaffuz qilinganda, keyingi tovush oldingi tovushni o’ziga moslashtiradi?
A) yozsin B) aytdi C) yurakka D) zarur
109. Qaysi so’z talaffuz qilinganda oldingi tovush keyingi tovushni o’ziga moslashtiradi?
A) yozsin B) tuzsin C) yigitcha D) otdan
110. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat?
A) kukun, katak, grek B) egik, go’ng, kakao
C) kakku, kek, keyin D) ko’k, gala, geolg
111. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlarni burun sonorlarida iborat?
A) namayon, nenets, nomus B) paxta, mo’may, mo’min
C) mung, no’noq, mamont D) namuna, mangu, manman
112. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat til oldi jarangsizlardan iborat?
A) sas, sitam, tatar B) sasi, soat, tutuq
C) soz, sust, tussiz D) soat, sutchi, tutash
Dostları ilə paylaş: |