33. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda ng tovush qo’llangan?
A) nonga, keng, tushuncha
B) tunga, donga, o’tinga
C) maymunga, yurganga, borganga
D) tongga, mingga, zangga
34. Bo’g’inning amaliy ahamiayati nimalardan iborat?
A) yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’z keyingi yo’lga bo’g’in asosida ko’chiriladi.
B) birinchi sinif o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish ham bo’g’inga asoslanadi.
C) she’riy misralarda bo’g’inlar sonining teng bo’lishi bo’g’in sifatida uchramaydi.
D) A,B va C
35. O’zbek tilida quyidagi shakillardan qaysi biri bo’g’in sifatida uchramaydi?
A) faqat bir unlidan iborat bo’lgan bo’g’inlar
B) bir unli va bir undoshdan tuzilgan bo’g’inlar
C) bir unli va ikki undoshdan hosil bo’lgan bo’g’inlar
D) bir undosh va ikki unlidan iborat bo’g’inlar
36. Son-sana, bog’-boqqa, shahar-shahri, men-mening kabi o’zak va qo’shimchalarning qo’shilishida tovush o’zgarishlarning qaysi turlari vujudga kelgan?
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush almashishi va tovush orttirishi
D) tovush almashishi va tushishi
37. Sirg’aluvchi j tovushini ifoda etuvchi so’zlar qatorini toping.
A) jimjit, g’ijjak B) jo’yak ajdod
C) vijdon,garaj D) jumla, janob
38. Pasay, susay so’zlarida o’zak va qo’shimchalarining qo’shilishidan qanday fonetik o’zgarish vujudga keladi?
A) unli tovushlar almashishi
B) undosh tovushlar almashishi
C) unli tovushlar tushishi
D) undosh tovushlar tushishi
39. Urg’uni ko’chirish natijasida yangi ma’no anglatuvchi so’zlar qatorini aniqlang.
A) bol, fasl, mehr B) ishlar, hozir, qo’llar,
C) odam, qadr, yigitcha D) muhim, ahil, chog’lar
40. Quyidagi so’zlarning qaysi qatorida qo’shimcha qo’shilishi bilan tovush o’zgarishi sodir bo’ladi?
A) o’lcham, toplam, o’ymakor
B) shirinlik, ko’pchilik, bog’lam
C) ko’ylakchan, ko’klam, o’lguncha
D) guldiros, qishloq, ovloq
Dostları ilə paylaş: |